The power of trust

Auto Payment

Enjoy your free time!

Visa Direct

Easy and quick transfers!

NBU in social networks:

Bank-moliya akademiyasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi

26.10.2016 1521

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida "Iqtisodiyotda   korporativ  boshqaruv  tizimini rivojlantirish va investitsion muhit jozibadorligini oshirishning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir Mustaqklligimizning   25    yilligi    hamda    O'zbekiston    Respublikasi    Bank-moliya akademiyasi tashkil etilganligining 20 yilligiga bag'ishlab o'tkazildi.   Konferensiyaning o'tkazilishidan asosiy maqsad  korporativ boshqaruv uslublarini aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etishga qaratilgan qonun, farmon va qarorlarni yig'ilganlar bilan atroflicha muhokama etishdan iboratdir. Anjumanda ishtirokchilar tomonidan qilingan ma'ruzalarda respublikamiz bank-moliya sohasida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, iqtisodiyotda korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish hamda mamlakatimizda qulay investitsion va biznes muhitni shakllantirishdagi qilingan ishlar muhokama etildi. Shuningdek, tadbirda aksiyadorlik jamiyatlari, real sektor korxonalari va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish kabi ustuvor masalalar ko'rib chiqildi va ular bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Aytish joizki, mamlakatimiz iqtisodiyoti sohasidagi tarkibiy o'zgartirish jarayonlarida tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e'tiborga loyiqdir. Mutaxassislarning bergan malumotlariga ko'ra, 2015 yilda mamlakatimizda barcha  moliyalashtirish  manbalari  hisobidan   15  milliard  800 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o'zlashtirildi. Bu esa 2014 yilga nisbatan 9.5 foizga ko'pdir. Qayd etish kerakki, konferensiya 5 ta seksiyada o'z ishini olib bordi.  Unda qatnashchilar tomonidan 35 dan ziyod ilmiy ma'ruza va chiqishlar qilinib, respublika moliya-bank tizimi xodimlari, oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, ilmiy xodim-izlanuvchilari va amaliyotchi mutaxassislar o'z ma'ruzalari bilan ishtirokchilar oldida chiqish qilishdi. Manba:  uzreport.uz

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 07/27/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.