Bank tizimida 2014-yil 'Sog'lom bola yili' Davlat dasturining ijrosi borasida amalgam oshirilgan ishlar
09.01.2015
2665
Joriy yilda Respublika Markaziy banki tomonidan tijorat banklari, ishbilarmon doiralar vakillari, xorijlik mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.Mazkur anjumanda Bank tizimida 2014-yil “Sog'lom bola yili” Davlat dasturining ijrosi borasida amalga oshirilgan ishlar xususida so'z yuritildi.
Tadbirda, Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda 2014-yil "Sog'lom bola yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan umumdavlat dasturida belgilangan vazifalarning bank tizimida ijrosini ta'minlash, ya'ni oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, ayollarning kundalik uy-ro'zg'or yumushlarini yengillatish va ularning tadbirkorligini rag'batlantirish, yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, oilaviy biznesni rivojlantirish, yosh oilalarning uy-joy sharoitini yaxshilashda moddiy yordam ko'rsatish, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali xalqimizning turmush darajasi va bandligini oshirish, sog'lom avlodni voyaga yetkazish uchun zarur bo'lgan infratuzilmalarni barpo etish borasida tijorat banklari tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida so'z yuritildi.
O'zbekiston respublikasi Bank moliya akademiyasi i.f.n ,dotsenti Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich UzReport AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi
-Respublika Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan banklarning kapitalini oshirish borasida ko'rilayotgan zaruriy chora tadbirlar bank tizimini barqaror va ishonchli faoliyatko'rsatishda muxim axamiyat kasb etmoqda. Bank tizimining amaliy yordami bilan xududlarda yosh oilalar uchun 50 ta ko'p qavatli Kamolot uylari qurilib, aksariyati foydalanishga topshirildi. Shuningdek, bolalar sportini rivojlantirishda, sog'liqni saqlash borasida, xizmat ko'rsatish obektlarini ishga tushishida qolaversa,250 ming nafar kollejlarni bitirgan yoshlarimizniish bilan taminlanishida banklarimiz yaqin xizmatchi bo'lib xizmat qildi-.
"Sog'lom bola yili" Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar doirasida 2014 yil davomida jami 4 trln. 509,2 mlrd. so'm va 302,9 mln. AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablag'lar o'zlashtirilishi, shundan bank kreditlari 1 trln. 810,6 mlrd. so'mni tashkil etishi ko'zda tutilgan bo'lib, amalda ushbu chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 3 trln. 766,9 mlrd. so'mdan ziyod kreditlar ajratildi.
Ayollar tadbirkorligini har tomonlama rivojlantirish va moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, ushbu maqsadlar uchun 960,2 mlrd. so'm miqdorida yoki Davlat dasturida ko'zda tutilgan ko'rsatkichdan 1,6 barobarga ko'p kredit mablag'lari yo'naltirildi.
O'tgan yilda ham kasb-hunar kollejlarini bitiruvchi yoshlarning biznes rejalarini moliyalashtirish masalalari banklarimizning diqqat markazida bo'lib, ushbu maqsadlar uchun 200,9 mlrd. so'm mikdorida yoki Davlat dasturida ko'zda tutilgan prognozga nisbatan 1,7 barobarga ko'p kreditlar ajratildi.
Shu o'rinda aytish joizki Banklarning o'z va jalb etilgan mablag'lari xisobiga qishloq oilalarini zamonaviy uy joylar bilan taminlash ularning maishiy turmush darajasini oshirish maqsadida 11 mingta turar joy binolarini qurish ishlari amalga oshirildi. Buning uchun 2 trln.313,5 mlrd so'mlik kreditlar ajratildi
Muxtasar aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji xalqimiz uchun munosib hayot barpo etishda, bank tizimi o'z xissasini qo'shib kelmoqda.
UzReport