Bugun O‘zbekistonning Birinchi ochiq keys-chempionati ishtirokchilarini ro‘yxatga olish yakunlandi
20.08.2020
2073
Bank-moliya akademiyasida ta'lim olish uchun 1400 nomzod http://qabul.bfa.uz/ da keys-chempionatda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Oliy o‘quv yurtiga qabul ilk bor jamoaviy sinovlar, qobiliyatlar sinovlari va ish beruvchilar bilan interv'yu shaklida o‘tkazilmoqda.
600 dan ziyod kishi MVA (bank ishi) yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim olish uchun ariza bergan, shu tarzda bir o‘ringa 20 dana ortiq talabgor bor. Ushbu o‘quv yilidan boshlab Akademiyaning barcha talabalariga bitta tilni bilish va ikki tilni tushunish (o‘zbek, rus, ingliz) talabi qo‘yilmoqda.
O‘quv dasturi 100 dan ortiq akademik fanni qamrab oladi, ulardan talabalar o‘zlarining amaliy faoliyati uchun eng zarurini tanlab olishi mumkin. Tanlash mumkin bo‘lgan o‘quv kurslari orasida quyidilar bor: FinTech, Data Science, tavakkalchilik menedjmenti, kiberxavfsizlik, emosional intellekt, o‘zgarishlarni boshqarish va boshqa qiziqarli fanlar.
Moskva, Olma Ota, Kohira, Bryussel' va jahonning boshqa mashhur poytaxtlarining eng yaxshi biznes-maktablari professorlari va amaliyotchi mutaxassislari dars berishga jalb qilinadi hamda bank va moliya muassasalari rahbarlarining yangi avlodiga ta'lim berishda ishtrok etadi.
Chempionat ishtirokchilari o‘rtasida raqobat juda kuchli, birinchi va ikkinchi turda ishtirok etish uchun ariza bergan 66 jamoadan faqat 30 ta jamoa o‘tish ballini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoalar moliyaviy tashkilotlarning kelajagi, soliq tizimini isloh qilish, kambag‘allikni qisqartirish va dollarlarshtirish, yangi texnologiyalarning iqtisodiyotga va jamiyatga ta'siri bilan bog‘liq keyslarning yechimini topgan.
Sizda hali mamlakatning moliyaviy elitasi safiga kirish imkoniyati bor. Bugun, yarim tungacha quyidagi manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘ting: http://qabul.bfa.uz/. Magistraturaga hujjat topshirishda asosiy ma'lumot va egallab turgan lavozimga oid barcha cheklovlar bekor qilindi.