The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

Visa Direct

Easy and quick transfers!

NBU in social networks:

Butunjahon banki O'zbekistonga 42,2 mln. AQSh dollariga teng kreditni tasdiqladi

06.05.2016 1024

Butunjahon banki O'zbekistonga 42,2 mln. AQSh dollariga teng kreditni tasdiqladi

UzReport.uz

   Shu yilning 27-aprel kuni Butunjahon bankining ijrochi direktorlar Kengashi mamlakatimizga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining umumiy qiymati  42,2 mln. AQSh dollarga teng kreditlarini  tasdiqladi. Ushbu mablag'lar “O'zbekistonda ta'lim tizimini modernizatsiyalash” loyihasini amalga oshirishga yo'naltiriladi.

   Loyiha 21 asr o'rtalariga borib  O'zbekistonning o'rtachadan yuqori bo'lgan daromadli sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishi kabi maqsadlarga qaratilgan. Bu esa eng avvalo zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan mutaxassislarga bog'liqdir.  Aynan ular iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta'minlab, modernizatsiyalash jarayonlarida faol ishtirok etishadi.      

   -Oliy ta'lim innnovatsion g'oyalarini ilgari surish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish, qolaversa mamlakatning iqtisodiy rivojlanish vazifalariga javob beruvchi sifatli kadrlar tayyorlashda o'ta muhim ahamiyatga egadir ,-   deydi Butunjahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jungxun Cho. 

   Mazkur loyiha ta'lim tizimida boshqaruv salohiyatini kuchayirish, mehnat bozori talablaridan kelib chiqib oliy va o'rta ta'lim tizimini modernizatsiyalashga qaratilgan.  2016-2023 yillarga mo'ljallangan loyiha Butunjahon bankining texnik ko'magida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Uning doirasida vazirlik qoshida Akademik innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi.

   Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 1992 yilda Butunjahon banki a'zolar safiga qo'shilgan. Hozirda bankning amaldagi majburiyatlar hajmi qariyb 2 mlrd. dollarni tashkil qiladi.

UzReport.uz

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/01/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.