The power of trust

MilliyOn

Shopping – now!

Milliy Deposits

Explore more profitable deposits!

NBU in social networks:

Davlat soliq tizimi yanada mukammallashmoqda

01.05.2014 1087

     Bugun poytaxtimizdagi “O'zekspomarkaz” Milliy Ko'rgazma Majmuasida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan Prezidentimizning “O'zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimini va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni hamda “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarni ko'rsatish bilan bog'liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorining bajarilishiga ko'maklashishga qaratilgan seminar o'z ishini boshladi.
     Ko'rgazmali seminarning tashkil etilishidan asosiy maqsad - Davlatimiz rahbarining mazkur Farmoni va me'yoriy-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay imkoniyat va afzalliklar to'g'risida keng jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat bo'ldi.
     Xususan, Farmonda belgilangan Dasturga asosan yagona yer solig'ining to'lov muddatini 3 tadan 2 ta muddatga qisqartirish, ya'ni hisobot yilining 1 sentyabrigacha - yillik soliq summasining 30 foizini, 1 dekabrgacha - qolgan qismini to'lash yuzasidan shu yilning IV choragida qonunchilikka o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish vazifasi belgilab qo'yilgan. Bundan tashqari, joriy yilning II choragida elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddatini 12 oydan 24 oygacha uzaytirishni nazarda tutuvchi amaldagi qonunchilikka o'zgartirish kiritilishi belgilandi.
     - Ushbu Farmonda vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o'zlarining rasmiy veb-saytlarida tadbirkorlik subyektlari bilan o'zaro munosabat masalalarini tartibga soluvchi axborotlarni joylashtirish va keyinchalik ularni doimiy ravishda yangilab borish vazifasi yuklatilgan. Joriy yilning 1 iyunidan boshlab davlat va xo'jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida ularning tadbirkorlik subyektlari bilan o'zaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi chop etilmagan me'yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar talablarini buzish holatlari uchun tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralarini qo'llash taqiqlanadi, - dedi O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq bosh inspektori Risbekov Bekzod.
     Yana bir muhim yangilik, 2014 yilning 1 iyulidan boshlab ko'p mehnat talab qiladigan ayrim tarmoqlar, ya'ni qurilish materiallari, oziq-ovqat va yengil sanoatda faoliyat yurituvchi kichik korxonalar xodimlarining cheklangan o'rtacha yillik sonini 100 tadan 200 tagacha oshirish belgilandi.
     Mazkur ko'rgazma doirasida bo'lib o'tgan seminarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Bojxona qo'mitasi, Markaziy bank hamda boshqa mutasaddi vazirliklar, idoralarning mas'ul xodimlari ishtirok etishdi. Seminar davomida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan savollarga mutasaddi xodimlar tomonidan batafsil javob berildi.

UzReport 01.05.2014

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/04/2021 09:00:01 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz