The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

Visa Direct

Easy and quick transfers!

NBU in social networks:

Davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari ro'yxati tasdiqlanadi.

19.02.2016 1185

Davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari ro'yxati tasdiqlanadi.

     Bugungi kunda mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalida davlat aktivlari va ulushlarini qisqartirish hisobiga iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan kamaytirish iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo'nalishiga aylangan. Bu vazifalar esa  aksiyadorlik jamiyatlariga chet ellik sarmoyadorlarni jalb qilish yo'li bilan amalga oshirilmoqda.    Davlatimiz rahbarining «Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2015-yil 21-dekabrdagi qarorini amalga oshirish yuzasidan hukumat qarori qabul qilindi.

    Mazkur hujjat aksiyadorlik jamiyatlariga chet ellik investorlarni keng jalb etish, ularning korporativ boshqaruv, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va tehnologik jihatdan qayta jihozlash hamda  sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ishtirokini ta'minlash, buning uchun ularga sharoit yaratishni nazarda tutadi.

     Unga ko'ra, ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro'yxati tasdiqlanadi.  Shuningdek, ushbu qarorga  muvofiq xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyalar paketlarini baholash va savdolarga qo'yish jadvallari bir oy muddatda tasdiqlanadi. 10 kun muddatda davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari «Yergeodezkadastr» davlat qo'mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda  aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini xatlovdan o'tkazish va baholash uchun zarur bo'lgan kadastr hujjatlarini to'liq tayyorlashi nazarda tutilgan.

      Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari xo'jalik boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etilgan takliflari asosida jamiyatlarga  chet ellik sarmoyadorlarni jalb etish jadvallarini o'n kun muddatda tasdiqlashi lozim. Jadvallarning bajarilishi yuzasidan doimiy nazorat o'rnatiladi. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat raqobat qo'mitasi bilan birgalikda potensial xorijiy investorlarni qidirib topish va aksiyadorlik jamiyatlariga jalb etishi kerak.

     2016-yilning 1-dekabriga qadar AJ  boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantiriladi. Vakolatli vazirlik va idoralar qonun hujjatlariga soliq imtiyozlari va preferensiyalarini berish bo'yicha tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etishi belgilangan.

UzReport

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/04/2021 05:36:49 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.