The power of trust

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

G‘oliblar mamlakat bosqichida qatnashadi

13.03.2014 855

     Surxondaryoda “Tashabbus – 2014” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
     Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qirqdan ortiq tadbirkor, fermer va hunarmand o‘z mahsulotlari ko‘rgazmasini namoyish etdi.
     Viloyatda 27 mingdan ko‘proq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Viloyat yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishida xususiy sektorning ulushi 74,1 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan yili moliya institutlari tomonidan sohaga 323 milliard 644 million so‘m kredit ajratildi. 37 ming 509 yangi ish o‘rni yaratildi. Prezidentimiz rahnamoligida qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilib, imtiyoz va preferensiyalar berilayotgani qishloqlarda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari barpo etish, fermerlik harakatini yetakchi kuchga aylantirish, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish va aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir.
     Denov tumanidagi “Samo yulduzi Denov” xususiy korxonasi rahbari Usmonali Abduvoitov “Eng yaxshi tadbirkor”, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Bog‘i Abbos” fermer xo‘jaligi rahbari Yusuf Rahmonov “Eng yaxshi fermer”, Sariosiyo tumanidan yakka tartibdagi tadbirkor Bahriddin Pardayev “Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishida birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
     Ko‘rik-tanlovda, shuningdek, “Eng yosh tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi eksportchi” kabi o‘nga yaqin nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zA, 13.03.2014

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 07/27/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.