G'aznachilik tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
22.02.2016
5351
G'aznachilik tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
UzReport
Poytaxtimizning Milliy matbuot markazida Moliya vazirligi G'aznachiligi va O'quv markazi tomonidan "Davlat moliyasini isloh qilishning g'aznachilik tizimi. Davlat byudjetining g'azna ijrosi, asosiy vazifalar va rivojlantirish istiqbollari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi davlat moliyasini isloh qilish jarayonlari, davlat moliyasi mablag'larini boshqarishning dolzarb muammolari hamda Davlat byudjeti mablag'larini boshqarish borasida amalga oshirilgan tarkibiy o'zgartirishlar va istiqboldagi vazifalar to'g'risida ommaviy axborot vositalari orqali aholini xabardor qilishdan iborat.
Matbuot anjumanida, O'zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida Davlat byudjeti ijrosi jarayoni, byudjet mablag'larini boshqarish va maqsadli foydalanish, shuningdek harajatlarni moliyalashtirishda yangicha mexanizmlar va uslublarni joriy etishda O'zbekiston bu ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi to'g'risida ta'kidlab o'tildi.
Xususan, O'zbekiston Davlat byudjeti ijrosi tizimining g'aznachilik tizimiga o'tkazilishi to'g'risida alohida qayd etilib, yaratilgan tizim xalqaro standartlarga javob beradigan, bir qator rivojlangan mamlakatlar moliya tizimining ilg'or tajribasi va prinsiplarini o'zida mujassam etgan milliy g'aznachilik tizimi yaratilganligi va islohotlar shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ko’rsatma va yo'nalishlar asosida amalga oshirilganligi, bugungi kunda davlat mablag'laridan foydalanishning samarali mexanizmining yaratilishiga sabab bo'lganligi ham aytib o'tildi.
Bundan tashqari, G'aznachilik tizimini joriy etilishi byudjet tizimiga Yagona g'azna hisobvarag'i orqali harajatlarni amalga oshirish hamda dastlabki va joriy nazorat kabi mexanizmlarni joriy etilishiga, byudjet tashkilotlari bilan tovarlar yetkazib beruvchilar o'rtasida tuzilgan shartnomalarni harajatlar smetasi doirasida va belgilangan maqsadlarga yo'naltirilishi ustidan qat'iy nazorat tizimini o'rnatib, byudjet tashkilotlari tomonidan asossiz harajatlar qilishning oldi olinganligi to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Matbuot anjumanida G'aznachilik tizimini yaqin kelajakda bajarishi lozim bo'lgan vazifalari va tizimni yanada rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor yo'nalishlari ko'rib chiqildi.
UzReport