The power of trust

Auto Payment

Enjoy your free time!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

Ijtimoiy tarmoqlardagi maqolaga O`zmilliybank munosabati.

25.05.2019 1292

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent-Milliy bank hodimlariga dam olishsiz ishlash buyurildi” mavzusidagi maqolaga O`zmilliybank munosabati.

Bugungi kunda respublikamizda xalq xo`jaligining har bir sohasini rivojlantirish, modernizatsiyalash, ishlab chiqarishga ilg`or innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bilan yangi ish o`rinlarini yaratish ishlari jadal sur`atlarda olib borilmoqda. 

Shu kabi tadbirlardan biri bo`lgan “Har bir oila – tadbirkor” dasturiga muvofiq respublikamizning har bir tuman va shaharlarida aholining moddiy sharoitlarini tubdan yahshilash, turmush tarzida ijobiy o`zgarishlar amalga oshirilishini ta`minlash hamda har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug`ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo`lishi uchun shart-sharoitlar yaratish tadbirlari olib borilmoqda. 

Ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lgan ushbu Dasturga asosan O`zmilliybankning barcha bo`lim va filiallarining tegishli hodimlari tomonidan joylarda mahalliy hokimliklar, mahalla raislari va faolllari hamda mazkur masalaga aloqador tashkilotlar hodimlari bilan birgalikda har bir honadonga tashrif buyurgan holda ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun istak va kredit mablag`lariga bo`lgan ehtiyojlari o`rganilib, ularga zarur kreditlar ajratilib tadbirkorlikka jalb etilmoqda. 

Ushbu Dastur doirasida Bankning Toshkent viloyati filiallari tomonidan 78 ta mahalla fuqarolari yig`inlarida joylashgan 62 273 ta honadonlarga borgan holda o`rganish, kredit mablag`larini ajratish ishlari olib borilmoqda. 

Bank bo`lim va filiallari hodimlari tomonidan haftaning ish kunlarida o`rganishlar o`tkazish vaqtlarida aksariyat honadon egalari o`z ishlari bilan uylarida bo`lmasliklari yoki oilalarning katta yoshdagi a`zolarining uyda bo`lmaganligi natijasida ularga dastur mohiyatini tushuntirish, maslahatlashgan holda qaror qabul qilish, ularni to`liq o`rganish imkoni bo`lmagan. 

Shu munosabat bilan, belgilangan vazifalarni uyushqoqlik bilan bajarish va tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida, 2019 yil 11 va 12 may kunlari O`zmilliybank Toshkent viloyati bo`limi va filiallari hodimlari mehnat qonunchiligiga (Mehnat kodeksi talablariga) rioya etgan holda ishga jalb etilgan. 

Ozmilliybank tomonidan hodimlar bilan xizmat munosabatlarini o`rnatish, xizmat vazifalarini belgilash hamda ish ҳaqlari to`lanishini tashkil qilishda amaldagi mehnat qonunchiligi hujjatlariga to`liq rioya qilinishi t`minlanmoqda.

 

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/01/2021 10:21:55 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz