The power of trust

Background
Solfy Partner Program
Increase sales with installment card support
More details
Background
Visa Direct
Easy and quick transfers!
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablag'laridan foydalanish tartibi belgilandi

21.07.2015 6087

Mazkur qarorda qayd etilishicha, Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablag'larini jalb etishga buyurtmanomalar injiniring kompaniyasi tomonidan rasmiylashtiriladi. Tayyorlangan buyurtmanomalar Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida O'zbekiston Respublikasi nomidan moliyaviy hujjatlarni imzolash huquqi berilgan vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi. So'raladigan mablag'larning asoslanganligi uchun injiniring kompaniyasi javob beradi.

Hujjatda shuningdek, Islom taraqqiyot banki mablag'laridan foydalanish tartiblari ham keltirilgan. Xususan, Islom taraqqiyot banki mablag'lari injiniring kompaniyasining buyurtmanomalari asosida Moliya vazirligining Markaziy bankda ochilgan maxsus valyuta hisobraqamiga tushadi.

Islom taraqqiyot bankidan tushgan mablag'larning so'mdagi ekvivalenti Moliya vazirligi tomonidan uch bank kuni mobaynida injiniring kompaniyasi bosh idorasining bankda ochilgan «Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag'lari» qurilishni moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga o'tkaziladi.

 Tushgan mablag'lar uch bank kuni mobaynida injiniring kompaniyasi mintaqaviy filiallarining qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha foydalanishga tayyor holda yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirish uchun bankning tegishli mintaqaviy filiallarida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga o'tkaziladi.

 Shuningdek, qarorda Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihani amalga oshirish bo'yicha bo'lim uchun ajratilgan mablag'lardan foydalanish, moliyaviy auditni o'tkazish va yakka tartibdagi maslahatchilarni yollash uchun ajratilgan pul mablag'laridan foydalanish tartibi, qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yakka tartibdagi quruvchilarga yer uchastkasi berish va shartnomalarni tuzish tartiblari ko'rsatib o'tilgan.

Bundan tashqari qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga ipoteka krediti berish shartlari ham o'rin olgan. Unga ko'ra, imtiyozli ipoteka krediti bank tomondan yakka tartibdagi quruvchiga qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joyni qurish tugallangandan, Davlat qabul qilish komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilib olingandan va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy pudratchi tomonidan injiniring kompaniyasiga berilgandan keyin topshiriladi.

Shuningdek, Islom taraqqiyot bankining mablag'lari jalb etilgan holda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy massivlari uchun Ijtimoiy, bozor, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi ob'ektlari qurishni tashkil etish va moliyalashtirish qoidalari ham hujjatda qayd etilgan. 

17
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 03/29/2024 09:32:44 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz