Joriy yilning yanvar-sentabrida qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 28094,5 mlrd. so'mni tashkil qildi
01.12.2014
2971
Joriy yilning yanvar-sentabrida qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 28094,5 mlrd. so’mni yoki 2013 yilning shu davriga nisbatan 106,8 foizni tashkil qildi, jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 16389,7 mlrd. so’mni chorvachilik mahsulotlari 11704,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Dehqonchilik bo'yicha joriy yilning yanvar-sentyabrida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilikning ulushi 58,3 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida 1862,1 ming tonna kartoshka qazib olindi, 6712,6 ming tonna sabzavot, 1214,7 ming tonna poliz ekinlari, 1712,1 ming tonna meva va rezavorlar hamda 991,6 ming tonna uzum yig’ib olindi.
Chorvachilik. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 41,7 foizni tashkil etdi.
2014 yil 1 oktyabr holatiga yirik shoxli qoramollar bosh soni 429,9 ming boshga shu jumladan sigirlar soni 57,8 ming boshga qo’y va echkilar soni 680,3 ming boshga parrandalar soni 3843,6 ming boshga ko’paydi.
Dehqon xo’jaliklarida yirik shoxli qoramollarning ulushi 94,0 foizni, fermer xo’jaliklarida esa 4,9 foizni, shu jumladan sigirlar mos ravishda – 94,7 va 4,5 foizni, qo’y va echkilar – 83,3 va 7,3 foizni, otlar – 84,4 va 9,5 foizni, parrandalar – 62,9 va 12,2 foizni tashkil etdi.
2014 yil yanvar-sentyabrida barcha toifadagi xo’jaliklarda 1384,5 ming tonna (tirik vaznda) go’sht, 6030,3 ming tonna sut, 3748,9 mln. dona tuxum, 27,1 ming tonna jun yetishtirildi.
Chorvachilik mahsulotlarini go’sht, sut, tuxum ishlab chiqarishdagi o’sish barcha viloyatlar bo’yicha asosan dehqon va fermer xo’jaliklari hisobiga amalga oshdi. Dehqon xo’jaliklarining ulushi go’sht ishlab chiqarish umumiy hajmida 94,9 foizni, sut ishlab chiqarishda 96,0 foizni, tuxum ishlab chiqarishda 55,8 foizni tashkil etdi.
Fermer xo’jaliklarida 2014 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 8600,4 mlrd. so’mni yoki 2013 yilning tegishli davriga nisbatan 103,7 foizni tashkil qildi.
2014 yil 1 oktyabr holatiga fermer xo’jaliklarida o’tgan yilning tegishli davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar bosh soni 10,4 ming boshga, shu jumladan sigirlar soni 2,5 ming boshga, qo’y va echkilar soni 43,4 ming boshga, parrandalar soni 399,0 ming boshga ko’paydi.
UzReport