Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab-quvvatlash Jamg'armasi 2000 minga yaqin tadbirkorlik subyektlariga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda ko'mak berdi
13.09.2015
2435
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo'llab-quvvatlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab-quvvatlash Jamg'armasining o'ziga xos o'rni bor.
Hozirda Jamg'arma yurtimiz tadbirkorlariga mahsulot eksportini amalga oshirish bo'yicha ko'mak berib kelmoqda. Xususan, 2015-yilning 8 oyi mobaynida 2000 minga yaqin tadbirkorlik subyektlariga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda tashkiliy, huquqiy va moliyaviy xizmatlar ko'rsatildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab-quvvatlash Jamg'armasi xodimlari bergan ma'lumotga qaraganda amalga oshirilgan ishlar natijasida, 504 ta tadbirkorlar umumiy qiymati 824 mln.dollarga teng mahsulot va xizmatlarni eksport qilishdi. Bundan, avgust oyida Jamg'arma ko'magida umumiy qiymati 114 mln.dollarga teng mahsulot va xizmatlarni eksport qilishga erishildi.
Tashqi bozorlarni o'rganishda 1330 ta, shu jumladan, 131 ta tadbirkorga xorijdan ishonchli hamkor topishda amaliy yordam berildi. 228 ta tadbirkorga xorijda bo'ladigan xalqaro ko'rgazma va yarmarkalar, tenderlarda qatnashishda, xorijiy davlatlarning qonunchiligidan kelib chiqib talab qilinadigan ruxsat beruvchi xujjatlar, sertifikat va litsenziyalar olishda hamda bojxona rasmiylashtiruvida, shuningdek 145 ta tadbirkorga eksport shartnomalarni tuzish, ularni tegishli davlat organlarida ro'yxatga qo'yishda, sug'urta polisi orqali mahsulotlarni eksport qilishda amaliy va huquqiy xizmatlar ko'rsatildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari eksportini qo'llab-quvvatlash Jamg'armasi bo'lim boshlig'i Kamoliddin Nurmatov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
– Jamg’armamiz tomonidan soha tadbirkorlariga jumladan farmsanoat, tekstil,oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha tadbirkorlarimiz xorijiy ko’rgazma va yarmarkalarda ishtiroki tashkillashtirilmoqda. Misol uchun jamg’armamiz sentabr oyining oxrida “O’zbekengilsanoat”DAK bilan hamkorlikda 50 ga yaqin tadbirkorlarimiz Moskva shahrida bo’lib o’tadigan yirik Tekstil sanoat ko’rgazmasida ishtrokini tashkilashtirmoqda. Tadbirkorlarga ushbu ko’rgazmada ishtrok etishlari uchun jamg’armamiz tomonidan imtiyozli ravishda 98 kv. m joy bepul tarzda taqdim etildi. Shu qatorda jamg’armamiz bu joy uchun 23 ming dollar miqdorida ularga moliyaviy yordam ko’rsatdi. Ushbu ko’rgazma natijasida tadbirkorlarimiz eksport shartnomalarini imzolashi , o’ziga xorijiy hamkorlar topishlari mumkin . Buning pirovardida esa 30 mln dollardan ortiq eksport shartnomalarini tuzilishini rejalashtirganmiz. Shuningdek, Farmsanoat bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga xorijdan hamkorlar topish , ularni xorijiy ko’rgazmalarda ishtrokini tashkilashtirishda bir qator ishlarni olib bormoqdamiz. Misol tariqasida, Singapur bozorini keltirishim mumkin. Mazkur bozorga kirish uchun tadbirkorlarga qaysi hujjatlar kerak, umuman ularning tartiblari , eksport qilish shartlari bo’yicha ma’lumotlar o’rganildi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, jamg'armaning tashkil etilishi tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Har yili ko'rsatilayotgan amaliy yordam natijasida bu boradagi ishlar ko'lami yanada kengaymoqda. Xorijiy mamlakatlarda o'tkazilgan va o'tkazilishi rejalashtirilgan yarmarkalarda yurtimiz tadbirkorlarining ishtiroki tobora oshib borayotgani fikrimizning yaqqol dalilidir.
UzReport