Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash maqsadida Milliy bank tomonidan 2014 yilda 1.4 trillion so'm xajmida kreditlar ajratildi
25.01.2015
2659
Bugungi kunda bank tizimi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi subyektlarga bir muncha qulayliklar yaratib bermoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2015-yil uchun rivojlanishning ustuvor vazifalaridan biri ham yurtimizning iqtisodiyoti rivojlanishiga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ko'rsatilayotgan hizmatlar doirasini kengaytirishga qaratilgan.
Aynan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barcha yo'nalishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Milliy bank barcha manbaalar hisobidan ajratgan kreditlari 2014 yilda 1.4 trillion so'mni tashkil qildi. Toshkent shahri miqyosida esa ajratilgan kreditlar summasi 490,1 millard so'mdan iborat.
Shu o'rinda savol tug'iladi xo'sh, ushbu ajratilgan kreditlar va berilayotgan imtiyozlardan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan shaxslar qay darajada foydalana olmoqdalar? Buni Milliy bankning Yunusobod filiali mijozlaridan biri bo'lgan «Samara Lux Textile» MCHJ misolida ko'rishimiz mumkin.
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan «Samara Lux Textile» MCHJ hakida so'z borar ekan, tekstil sohasida tobora ildamlab, O'zbekiston ichki bozorini Yevropa standartlariga to'liq javob beradigan ip kalavani qayta ishlab, trikotaj to'quv matolari ichki bozorida o'z o'rniga ega bo'lib kelayotgan va ishlab chikarishni kengaytirishdan to'xtamayotgan korxonalardan biri ekanligini aytib o'tish joiz.
Korxona 2007 yilda «Qirra qurilish montaj» hususiy korxona shaklida tashkil etilgan bo'lib, 2014 yildan boshlab «Samara Lux Textil» MCHJ nomiga o'zgartirildi. Dastlab qurilish mollari ulgurji savdosi bilan shug'illanib kelgan korxona, 2014 yildan ishlab chiqarish faoliyatini boshladi.
Yusupov Hojiakbar «Samara Lux Textil» MCHJ ishlab chiqarish direktori “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
- 2009 yilda Milliy bankning Yunusobod filialidan aylanma mablag'larni oshirish maqsadida 80,0 mln. so'm va 2012 yilda 200,0 mln so'm miqdorida kreditlar oldik. Bundan tashqari, 2012 yilda Germaniyada ishlab chiqarilgan 6 dona va Turkiyada ishlab chiqarilgan 2 dona ip kalavadan mato ishlab chiqarish uskunasi sotib olish maqsadida 800,0 mln so'mlik yangi kredit rasmiylashtirildi. Natijada, 15 yangi ish o'rni yaratildi-.
Takidlash joizki Milliy bankning Yunusobod fililali tomonidan ajratilgan umumiy kreditlar miqdori 20,1 mlrd. so'm ekvivalentiga teng. Shundan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga ajratilgan summa 12,5 mlrd. so'm ekvivalentini tashkil etadi.
UzReport