The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

Milliy Deposits

Explore more profitable deposits!

NBU in social networks:

Koreya Eksimbanki Prezidenti ishtirokida moliya sohasi mutaxassislari uchun seminar o'tkzaildi

24.09.2015 955

Mamlakatimizda mehmon bo'lib turgan  Koreya Respublikasi Eksport-import banki prezidenti Li Duk Xun  O'zbekiston banklar assotsiatsiyasida  tashkil etilgan uchrashuvda  ishtirok etdi. “Eksimbank”ning Koreya iqtisodiy rivojlanishidagi roli va uning O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga  qo'shayotgan hissasi” mavzuidagi  uchrashuv-seminarda  O'zbekiston  Moliya vazirligi,   Markaziy    bank,    tijorat    banklari    va    nobank    kredit  tashkilotlari rahbarlari, tijorat banklarining investitsiyalarii jalb qilish va   ulardan   foydalanish   masalalarida  ixtisoslashgan   departamentlari ma'sul xodimlari ishtirok etdi.

Koreya Eksport-import banki Prezidenti Janubiy Koreya iqtisodiyotining   rivojlanishi, mamlakatning jahon ishlab chiqarishidagi yutuqlari, shuningdek Koreyaning taraqqiy etishida  Eksimbank hissasi va  boy tajribasi  bilan o'rtoqlashdi.  Bundan tashqari,  uchrashuvda  Koreya  eksport-import bankining O'zbekiston iqtisodiyoti va uning bank sohasi rivojiga qo'shayotgan  hissasi ham alohida ta'kidlab o'tildi.

-Koreya Respublikasi uchun Surgil kabi loyihalar muhim ahamiyatga ega, deydi. “Eksimbank” ning iqtisodiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Jo Yang-Kvan. - Bizda  neft va gaz ishlab chiqarilmaydi. Lekin Janubiy Koreyada   neft va gaz sanoati  uchun zarur bo'lgan zamonaviy  texnikalar bor.  Aynan bu borada Koreya O'zbekiston bilan hamkorlik qilishi mumkin. “Eksimbank” esa   mazkur sohadagi  yirik  loyihalarni  moliyalashtiradi.  Bu loyihalar   O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga  xizmat qiladi. 

Ochiq muloqot va fikr almashinuv ruhida o'tgan tadbirda   mehmon o'zbekistonlik bank mutaxassislari  tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdi.  Unda ta’kidlaganidek, mazkur uchrashuv  ikki  mamlakat bank tizimlari o'rtasidagi samarali va istiqboli munosabatlarning rivojlanishi, tomonlar o'rtasida o'zaro ishonchning  yanada mustahkamlanishi, shuningdek jalb etiladigan  investitsiya hajmining    o'sishi va mamlakatimiz banklari faoliyat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 07/30/2021 09:00:01 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.