The power of trust

Background
Student loan
Credit for full-time, evening, correspondence forms of education
More details
Background
Solfy Installment Card
Shopping with interest-free installments
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

Markaziy bank hamda 'Moody's' xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda 5-xalqaro yillik konferensiya o'tkazildi

27.04.2015 2673

Markaziy bank tomonidan «Moody’s» xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda tijorat banklarining xalqaro reyting baholarini olish masalalariga bag'ishlangan navbatdagi 5-xalqaro yillik konferensiya o'tkazildi. Konferensiya davomida yevrohudud iqtisodiyotidagi o'zgarishlar va ularning MDH mamlakatlariga ta'siri, iqtisodiy nobarqarorlik oqibatlarining aktivlar sifati, bank tizimining tashqi zarbalarga moyilligi masalalari ko'rib chiqildi.

Tijorat banklarining 300 dan oshiq rahbarlari va mas'ul xodimlari ishtirok etgan mazkur konferensiya mamlakatimiz Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi qarori talablari ijrosini ta'minlash doirasida tashkil etildi. Yurtimizda bank tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar va Markaziy bankning samarali bank nazorati, jumladan; aktivlar sifati, kredit portfelini diversifikatsiya qilish, kapital yetarliligi va likvidlik ko'rsatkichlari ustidan doimiy monitoring o'rnatilishi mamlakatimiz banklarining barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni hozirlayotgani anjuman davomida qayd etib o'tildi. Shuningdek «Moody’s» agentligi ekspertlari  tomonidan kredit reytingini taqdim etish metodologiyasi bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi. Shundan so'ng O'zbekiston bank tizimida olib borilayotgan islohotlar natijalari bo'yicha  mulohazalar bildirildi.

Eslatib o'tamiz «Moody’s»agentligi o'tgan yilning aprelidagi "O'zbekiston bank tizimining rivojlanish prognozi" deb nomlangan xisobotida ketma-ket beshinchi marta bank tizimining rivojlanish istiqbollarini "barqaror" deb tasdiqladi. Aktivlar sifatining barqaror dinamikasi, iqtisodiyotning yuqori o'sish sur'ati, banklarning yuqori daromadli ko'rsatkichlari, likvidlik darajasi va banklar faoliyatining samaradorligi kabi omillar mazkur prognozni aniqlashtiruvchi omillar bo'ldi. «Moody’s» agentligi fikriga ko'ra, respublika iqtisodiyotining barqaror o'sishi 12-

18 oy davomida banklar uchun qulay operatsiyalar muxitini ta'minlaydi.

So'nggi yillarda mamlakat moliya-bank tizimini barqarorligini yanada oshirish borasida katta ishlar amalga oshirildi Bank tizimi ko'rsatkichlari nafaqat xalqaro standartlarga javob beradi, balki ayrim me'yorlar bo'yicha yuqori mavqega egadir. Natijada katta uchlik - «Moody’s», «Standart & Poor’s» va «Fitch Rating’s» xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning barcha tijorat banklariga barqaror o'sishini tasdiqlovchi reyting baholarini taqdim etganlar. Tadbirda takidlanganidek  konferensiya davomida bildirilgan tavsiya va xulosalar respublika bank tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, yetakchi xalqaro reyting agentliklari standartlari va baholash ko'rsatkichlari asosida tijorat banklari faoliyatini baholashdagi yondashuvlarni takomillashtiradi, pirovardida bu banklar faoliyatini eng yaxshi xalqaro tajribalarga muvofikq tashkillashtirishga sharoit yaratadi.

 

 

 

 

UzReport

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 03/29/2024 04:48:51 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz