O'zbekiston Tashqi iqtisodiy milliy banki mamlakatimiz moliya bozoridagi yetakchi investitsion banklardan biri sanaladi. Bugungi kunda bank o'zining «NBU INVEST GROUP» va «NBU INVESTMENT » investitsiyaviy kompaniyalari orqali tekstil, qurilish materiallari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq- ovqat sanoati kabi sohalardagi bankrot- korxonalar negizida qayta tashkil etilgan 26 ta sho'ba korxonasi boshqaruvini amalga oshirib kelmoqda. Faoliyati tiklangan ana shunday korxonalardan biri bu «Billur Teks» OAJ hisoblanadi.
«Billur Teks» OAJ Milliy bank tomonidan 2010 yilda bankrot bo'lgan korxona« Yadem tekstil » bazasida tashkil etilgan. Yangi korxona yengil sanoat masulotlarini ishlab chiqarishga ixticoslashgan.
-Bizning korxona paxtadan kalava ip, trikotaj polotno va tayyor tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqaradi, - deydi «Billur Teks» OAJ direktori Vladimir Kim. - Korxonaga dunyoga mashhur Rieter, Savio, Pai Lung, Mateks, Ozver, Santex, Juki, Kingtex kabi firmalarning yigiruv, to'quv, bo'yash va tikuv uskunalari olib kelib o'rnatilgan. Korxona yilliga 2,7 ming tonna kalava ip, 1,2 ming tonn bo'yalgan polotno va 7,9 mln. dona tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatigaega. Milliy bank ko'magi bilan bundan 5 yil avval korxona faoliyati qayta yo'lga qo'yilgandan keyin bu yerda 190 dan ortiq kishi ish bilan ta'minlandi. O'tgan davr mobaynida korxonamizda umumiy qiymati 35,7 mlrd. so'mga teng mahsulotlar tayyorlanib, eksport qiymati 3,2 mln. dollarni tashkil etdi.
Shu tariqa Milliy bank tomonidan bankrot korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va ishlab chiqaraishni tiklash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar nafaqat ushbu korxonalarni rejalashtirilgan quvvatga chiqarish, yuqori sifat standartlari va iste'molchilar talabiga javob beradigan mahsulotlar tayyorash, balki yangi ish o'rinlarini tashkil etish va bu bilan aholi bandligini oshirish, pirovardida real sektorni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
UzReport
|