The power of trust

Auto Payment

Enjoy your free time!

Auto Payment

Enjoy your free time!

NBU in social networks:

"O`zmilliybank" yangi yil bayram tadbiri o‘tkazishdan voz kechib, bolajonlarga sovg‘a ulashdi

05.12.2020 560

Joriy 2020 yil barchamiz uchun oson kechmadi. Koronavirus pandemiyasi dunyodagi iqtisodiy jarayonlarga o‘z ta'sirini  ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusiga asosan Hukumatimiz tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari, mahalliy byudjetlar va boshqa sohalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamlariga yordam ko‘rsatish maqsadida «Saxovat va ko‘mak»  jamg‘armasining tashkil etilishi mana shunday tadbirlardan biri sanaladi. Jamg‘arma davlat va jamoat tashkilotlarining, har bir o‘zbekistonlikning ixtiyoriy va beg‘araz yordam pullari bilan to‘ldirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki AJ ham «Saxovat va ko‘mak» tashabbusida faol ishtirok etdi, oldinroq bank xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqining bir qismini — umumiy miqdorda 965,0 million so‘m mablag‘ni Jamg‘arma hisobiga o‘tkazib berishdi.

Ushbu kasallikka qarshi kurashda har bir yurtdoshimizning qo‘shayotgan hissasi bebahodir. Xalqimiz rahm-shavqat, mehr-oqibat, saxiylik va ulug‘vorlik kabi insoniy fazilatlarni  ko‘rsatib, umumiy maqsad yo‘lida birlashdi. Pandemiyaga qarshi kurashda har qanday  xayrli ish, hoh u o‘z qo‘shnisiga yordam bo‘lsin, yoki butun bir qishloqqa ko‘rsatilgan ko‘mak bo‘lsin, juda muhimdir.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki  aksiyadorlik jamiyati davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarda  hamisha  faol ishtirok etib kelmoqda. 

“O‘zmilliybank” AJ  Boshqaruvi 2020 yil 5 dekabrda o‘tkazilgan yig‘ilishida bir qator masalalarni muhokama qilib yangi 2021 yilga bag‘ishlangan bayram korporativ tadbirini o‘tkazishdan voz kechib, bu maqsadga rejalashtirilgan mablag‘larni ham xayriya, aniqrog‘i Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi “Do‘stlik” va “Novkent” mahallalarida joylashgan maktab, maktabgacha ta'lim maskanlari, 2 ta sport zali va 2 ta qishloq vrachlik punktini rekonstruksiya qilish hamda ta'mirlash ishlariga yo‘naltirishga qaror qildi. Bank tomonidan ushbu ob'ektlar qurilishiga  jami bo‘lib 4,6 mlrd. so‘m mablag‘ beg‘araz yordam sifatida ajratildi. 

Ushbu tadbir xayriya  faoliyatiga qo‘shilgan birinchi hissa emas.  Mamlakatimizda  bunyodkorlik, jumladan  ta'lim darajasini oshirish  yo‘lidagi ishlar hali  davom etadi.  «Kuch ishonchda» shiori ostida  o‘z faoliyatini yuritayotgan bank  bundan keyin ham  insonlarning turmush sifatini yaxshilash  va ularning  farovonligini  oshirishda o‘zining xayrli ishlari  bilan yordam beradi», — deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan berilgan bayonotda.

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/06/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz