'NBU INVEST GROUP' bankrotga uchragan korxonalarni moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam bermoqda
24.02.2015
3073
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki O'zbekiston moliya bozoridagi yetakchi investitsion bank hisoblanadi. Hozirgi paytda o'zining«NBU INVEST GROUP» va «NBU INVESTMENT” investitsion kompaniyalari orqali bank to'qimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kabi strategik muhim sohalardagi bankrot korxonalar negizida tashkil qilingan 27 ta korxonasini boshqarmoqda.
«Asia Pipeplast» mas'uliyati cheklangan jamiyati Milliy bank tomonidan bankrot bo'lgan «Xobas-Tapo» qo'shma korxonasi negizida tashkil etilgan bo'lib, qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada Avstriyaning «HOBAS» texnologiyasi asosida 200 mm.dan 2200 mm. diametrga ega shishaplastik quvurlar ishlab chiqariladi. Ushbu quvurlarning yaroqlik muddati 50 yilga jamlangan. Korxonaning yillik quvvati 330 kilometrga teng turli diametrdagi quvurlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Bundan tashqari, korxonada fitinglar, turli hajmdagi sig'imlar, quduqlar, o'tkazgichlar va shisha tolali nostandart shakldagi buyumlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.
Burxoniddin Xolmurodov –«Asia Pipeplast» MSCH marketing xizmati rahbari UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi: «Asia Pipeplast» Mas'uliyati cheklangan jamiyatning asosiy faoliyat turi- turli xil diametrli shisha tolali plastik quvurlar hamda shisha plastik asosida turli xil boshqa maxsulotlar ishlab chiqarishdir. Korxonamizning ishlab chiqarish faoliyati O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ivestitsiya mablag'lari hisobiga 2010 yilda qayta yo'lga qo'yilgan.
Bizda chiqarilgan shisha tolali plastik quvurlardan Navoiy tog'-metallurgiya kombinatida, Toshkent quyuv-mexanika zavodida, Xorazm viloyatidagi avtomobil zavodida, shuningdek, Surxondaryo, Xorazm, Andijon na Jizzax viloyatlari xududidagi ichimlnk suvi quvurlarida foydalanilmoqda. Hozirgi kungacha Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyiish asosida Ustyurt gazoxmmik majmuasidagi "Taxiatosh-Qo'ng'irot" suv yetkazish ob'ektiga maxsulot yuborilmoqda.
Korxonada ishlab chiqarish xajmi va iqtisodiy ko'rsatkichlar oshishi bilan bir qatorda korxonada maxsulot tannarxini kamaytirish, tashqi va ichki bozorlarda uning raqobatdoshligini yaxshilash choralari ko'rilmoqda. 2014 yilda kollej va oliy o'quv yurtlari biriguvchilaridan 8 nafari ish bilan taminlashan bo'lsa, 2015 yil davomida ular uchun yana 10 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
Bir so'z bilan aytganda. Milliy bank va uning investitsion kompaniyalari tomonidan bankrot korxonalarda ishlab chiqarishni qayta tiklash va moliyaviy sog'lomlashtirish bo'yicha qilinayotgan ishlar korxonani ko'zlangan quvvatga olib chiqish, jahon talablariga mos va iste'molchilarning talabi katta bo'lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishgagina emas, balki mamlakat iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
UzReport