«O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki» AJ aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar
19.06.2020
2708
Jamiyatning nomi: «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» aksiyadorlik jamiyati.
Joylashgan joyi: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 101-uy.
Elektron pochta manzili: info@nbu.uz va webmaster@nbu.uz.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish sanasi va manzili: 2020 yil 11 iyul, ertalab 9.30, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 101-uy.
Aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana: 2020 yil 07 iyun.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. Bankning 2019 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.
2. Bank Kuzatuv kengashi va Boshqaruvining yillik hisoboti, bankni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotni eshitish.
3. Bank taftish komissiyasini xulosasini eshitish.
4. Bankning foydasini taqsimlash.
5. Bank ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risida va bank ustaviga tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida qarorlarni qabul qilish.
6. Bank Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.
7. Bank Taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
8. “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisob raqamlarida 5 yildan ortiq muddatdan buyon hisobi yuritilayotgan va undirish manbalari mavjud bo‘lmagan kredit qarzdorliklarni hisobdan chiqarish.
9. Bank boshqaruvi raisi va a'zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bir yil muddatga uzaytirish.
10. Bankda Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalari va Korporativ boshqaruv qoidalariga rioya qilish hamda bu to‘g‘risida xabar berish shaklini tasdiqlash.
Aksiyadorlarni axborot (materiallar) bilan tanishtirish: bank sayti, xat orqali va elektron xat (e-xat) orqali.