The power of trust

Auto Payment

Enjoy your free time!

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

NBU in social networks:

"O`zmilliybank" AJ ShHT Banklararo birlashmasi konferentsiyasida ishtirok etdi.

24.04.2020 746


Joriy yilning 23-24 aprel kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Banklararo birlashmasining ShHT hududini rivojlantirish institutlari rahbarlari ishtirokida konferentsiyasi onlayn rejimda bo'lib o'tdi. Tadbirda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Banklararo birlashmasining a'zo banklari qatnashdilar:

- VEB.RF davlat rivojlanish korporatsiyasi (Rossiya Federatsiyasi);
- "O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ;
- "Qozog'iston Taraqqiyot Banki" OAJ;
- Xitoy davlat taraqqiyot banki;
- "RSK Bank" OAJ (Qirg'iziston);
- "Habib Bank Limited" (Pokiston Islom Respublikasi);
- Tojikiston Respublikasi "Amonatbonk" davlat jamg'arma banki.



Anjuman doirasida yangi global sinov - koronavirus infektsiyasining tezlik bilan tarqalishiga qarshi kurashda yaqin hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarda amalga oshirilayotgan va pandemiya oqibatlarini yumshatish va global pandemiyaning iqtisodiy sohalarga va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga salbiy ta'sir qilish xavfini oldini olishga qaratilgan samarali amaliy chora-tadbirlar to'g'risida ma'lumot almashdilar.
Anjumanda investitsiya loyihalari sohasidagi hamkorlik, pandemiya davrida aylanma mablag'larni to'ldirish uchun tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish, pandemiya davrida eng zaif bo'lgan shahar infratuzilmasi loyihalarini moliyalashtirish masalalariga alohida e'tibor berildi, shuningdek, ShHTning savdo-iqtisodiy hamkorligida milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish masalalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish ulushini oshirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi..

Anjuman davomida "VEB.RF" Davlat rivojlanish korporatsiyasi raisi I.I. Shuvalov va Xitoy Davlat taraqqiyot banki (GDBK) prezidenti O. Veymin bilan muzokaralar bo'lib o'tdi.
VEB.RF kredit mablag'lari evaziga gidroenergetika, issiqlik energetikasi va transport sohasida umumiy qiymati 212,8 million AQSh dollarini tashkil etadigan loyihalar moliyalashtirilgan.
Uchrashuv davomida VEB.RF Davlat Taraqqiyot Korporatsiyasi joriy loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirishini hamda transport sohasidagi qo‘shimcha loyihani 16 mln. AQSh dollari miqdorida moliyalashtirishga tayyorligini ma'lum qildi.
Anjumandan so'ngida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Banklararo Birlashmasi a'zo banklari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar iqtisodiyotiga pandemiya ta'sirini yumshatish bo'yicha muntazam ravishda ikki tomonlama va ko'p tomonlama maslahatlashuvlar o'tkazishga va amaliy choralar va mexanizmlarni ko'rsatuvchi "Yo'l xaritasi" ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/04/2021 05:36:49 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.