The power of trust

Background
Solfy Partner Program
Increase sales with installment card support
More details
Background
Milliy Deposits
Explore more profitable deposits!
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

“O`zmilliybank” AJ va «Deutsche Bank AG» banki 130 million yevrolik kelishuv imzoladi

02.05.2023 166

Joriy yilning 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga yuqori darajadagi tashrifi arafasida Germaniyaning yetakchi kompaniyalari va ikki mamlakat moliya institutlari ishtirokida O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ishbilarmonlik platformasi ikki davlat ishbilarmon doiralariga ikki tomonlama munosabatlardagi salohiyatni muhokama qilish, yangi rivojlanish nuqtalari va ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini aniqlash, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida o‘zaro investitsiyalar va savdo hajmini oshirish imkonini berdi.

Biznes-forum doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda “O`zmilliybank”) va "Deutsche Bank AG" o‘rtasida 130 million yevro miqdorida kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Mazkur shartnomaning asosiy afzalligi – O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatisiz investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni jalb qilish imkoniyatidir. 

Kredit liniyasi orqali “O`zmilliybank” transport, tog‘ metallurgiyasi, elektrotexnika sanoati va ishlab chiqarish sohalaridagi umumiy qiymati 185 million yevro bo‘lgan loyihalarni moliyalashtiradi va shu orqali joriy yil so`ngiga qadar kredit liniyasining to‘liq o`zlashtirilishini ta’minlaydi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish transport infratuzilmasini yaxshilash va korxonalarning sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish, jumladan, 1 000 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish va 120 million yevrodan ortiq qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportini ta’minlash imkonini beradi.

Imzolangan kelishuv “O`zmilliybank” va “Deutsche Bank AG” o‘rtasidagi 30 yildan ortiq tarixga ega muvaffaqiyatli va samarali hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qilmoqda. “O`zmilliybank” “Deutsche Bank AG” bilan loyihalarni moliyalashtirishdan tashqari, savdoni moliyalashtirish, g‘aznachilik operatsiyalari, hisob-kitob biznesi, tajriba almashish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Ma'lumot uchun: Deutsche Bank AG 1,4 trillion yevro miqdoridagi aktivlari, kapitali – 74 milliard yevro va foydasi – 1,3 milliard yevro miqdoridagi Germaniyadagi eng yirik moliyaviy konglomerati hisoblanadi. U, Moliyaviy barqarorlik kengashi ma`lumotlariga ko`ra, 30 ta eng muhim transmilliy banklardan biri hisoblanadi hamda global tizimli muhim banklar qatoriga kiradi.

 

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/03/2023 03:54:11 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2023 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz