The power of trust

Auto Payment

Enjoy your free time!

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

NBU in social networks:

“O‘zmilliybank” AJ xodimlari ish haqlarini “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” fondiga o‘tkazib berdi

31.03.2020 741

Bugun mamlakatimiz va butun dunyoga jiddiy xavf solayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Infeksiya aniqlangan davlatlar, uni yuqtirgan odamlar soni kun sayin ko‘payib borayotgani eng avvalo, insonlar hayotini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni talab etmoqda.

Shu bois, O‘zbekistonda ham xalqimizni bu ofatdan asrash, virus aniqlangan bemorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni murakkab davrda xalqimiz, butun jamiyatimiz uchun ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasi bo‘ldi.

Zotan, mazkur Farmonga asosan hozirgi sharoitda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash, aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida 10 trln so‘m mablag‘ning yo‘naltirilgani tarixiy ahamiyatga molikdir.

Aytish joiz, ayni sinovli vaziyatda xalqimizga xos bahamjihatlik va saxovatpeshalik kabi fazilatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarimizni ruhan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga tushayotgan beminnat mablag‘lar ham buning dalilidir.

Mazkur aksiya doirasida “O‘zmilliybank”AJ xodimlari ham ixtiyoriy ravishda bir kunlik ish haqlarini mazkur fondga beg‘araz o‘tkazib berdilar.

Bu kabi xayrli ishlar esa, sinovli damlarda xalqimizni yanada jipslashtiradi, hamjihatlikni kuchaytiradi. Zero savob ishni har kim har kuni qilishi kerak.

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/01/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.