O`zmilliybank va Rossiya Sberbanki $350 millionlik hamkorlik bitimini imzoladi
20.10.2018
3062
O`zekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida O`zmilliybank va Sberbank 350 million AQSh dollarlik hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Bitim Rossiya Sberbanki bilan yirik loyihalarni hamda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bo`yicha hamkorlikni nazarda tutadi. Bundan tashqari, mazkur kelishuv O`zmilliybank mijozlariga Sberbankning keng ko`lamli xizmatlaridan – moliyalashtirishni tuzish, savdoni moliyalash, loyihalarni moliyalashtirish hamda tovar va xizmatlar haridi vaqtida ishonchli va tasdiqlangan etkazib beruvchilarni tanlash uchun Sberbank ma`lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beradi.
Ushbu kredit liniyasining afzalligi shundaki, yuqori tekhnologik uskunalar va xizmatlarini etkazib berish, nafaqat, Rossiya balki Sberbankning filiallari tarmog`i mavjud bo`lgan mamlakatlardan (Belarus, Qozog`iston, Turkiya, Shveysariya, Chexiya, Vengriya, Serbiya, Horvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gersogovina) ham amalga oshirish imkonini beradi.
Sberbank kredit liniyasi, davlatning kafolatsiz, eksport-kredit agentliklari sug`urta qoplamasi asosida jalb qilinadi.
Rossiya Sberbanki bilan hamkorlik nafaqat kredit resurslarini jalb qilish bilan chegaralanib qolmay, balki Rossiya bankining chakana bank xizmatlari, zamonaviy axborot texnologiyalari va mijozlarga xizmat ko`rsatishdagi eng yahshi amaliyotlarini o`rganish va uni O`zmilliybank tizimiga kiritish imkonini beradigan Sberbank korporativ universitetida O`zmilliybank hodimlarini tayyorlashni o`z ichiga oladi.
OAJ “Rossiya Sberbanki” 1841-yilda tashkil topgan bo`lib, bugungi kunda Rossiya va MDH mamlakatlarida aktivlari bo`yicha 1-o`rindagi bank (418 mlrd. AQSh ollari) va u eng keng bo`linmalar tarmog`iga ega bo`lib, dunyo bo`ylab 110 mln. mijozlariga investision va bank xizmatlarining to`liq spektirini taklif qiluvchi bank hisoblanadi.