O'tgan 2 yil davomida 'Angren' MIZ da 8 ta loyiha amalga oshirildi
06.10.2014
3043
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi tomonidan "Angren" maxsus industrial zonasida investitsiya hamkorligini rivojlantirish" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Unda deputatlar, «Angren» MIZ Ma'muriy kengashi, «Angren» logistika markazi vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ma'lumki, qulay investitsiya muhitini yaratash, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar va ilgor texnologayalarni iqtisodiyotning ustuvor va istiqbolli tarmoqlariga jalb qilish, xorijiy sheriklar bilan o'zaro foydali savdo-iqtisodiy aloqalarni o'rnatish kabilar O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi eng avvalo, mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini ta'minlash va jahon bozorida ularning raqobatdoshligani oshirish imkonini beradi. O'zbekiston Prezidentining "Angren" maxsus industrial zonasini tashkil etish to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq, ushbu hududda raqobatbardosh mahsulot tayyorlash bo'yicha yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun investitsiyalar jalb etish, avvalambor, investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish uning asosiy vazifalari etib belgilagan.
«Angren» MIZ umumiy maydoni 14,5 ming ga bo'lgan va Angren shahri, Ohangaron tumani va poytaxt viloyatining ushbu aholi punktlari oralig'idagi hududda rivojlanib kelmoqda. U yerda "Angren" multi modal logistika markazi faoliyat ko'rsatmoqda. Maxsus zonada elektr texnika, mashinasozlik, kimyo va neft kimyosi, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va meva-sabzavot mahsulotlariga chuqur ishlov berish, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalar joylashadi.
- "Angren" MIZ da 2012-2014 yillarda umumiy qiymati 163,04 million AQSh dollari bo'lgan 8 ta loyiha amalga oshirildi, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ravshanjon Asqarov. – Hammasi bo'lib, u yerda 16 ta loyihaning amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.
Davra suhbatida ta'kidlanganidek, rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi "Angren" MIZ rivoji uchun katta qulayliklar yaratmoqda. Uning negizida "Angren" logistika markazi amal qilmoqda. Toshkent viloyatini Farg'ona vodiysi bilan bog'laydigan va O'zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo'ladigan temir yo'lning ishga tushishi bilan mazkur hududni yanada rivojlantirish uchun keng istiqbollar ochiladi.
Davra suhbatida ishtirokchilar mamlakatimiz iqtisodiyotiga tashqaridan kapital, avvalambor, to'g'ridan-to'gri xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo'yicha ishlarni yanada faollashtirish lozimligini ta'kidlashdi. Muhokama yakunlari bo'yicha xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, ushbu sohada mamlakatimiz qonunchiligini rivojlantirish bo'yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
UzReport