The power of trust

MilliyOn

Shopping – now!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

O'zbekiston Milliy bankida 'on-layn' SmartVista plastik kartochkalari soni 530 mingtadan oshdi

13.10.2014 1307

20 yil mobaynida plastik kartochkalarni muomalaga chiqarish hamda ularga xizmat ko'rsatishda O'zbekiston Milliy banki yetakchi bo'lib kelmoqda. Buning isboti sifatida joriy yilning 1 sentabr holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan milliy valyutadagi so'm plastik kartochkalari sonining 2 mln.tani tashkil qilganini qayd etish mumkin. Jumladan, "on-layn" SmartVista plastik kartochkalari soni 530 mingtadan ko'proq, Viza xalqaro kartochkalari 75 mingtaga yetdi, plastik kartochkalari orqali ish haqini oluvchi korxonalar soni esa 12 800 dan oshdi.

Bank tomonidan 16 300 ta to'lov terminallari o'rnatilgan bo'lib, 2014 yilning 9 oyi mobaynida terminallar orqali bajarilgan amaliyotlar umumiy miqdori 2 trillion so'mdan oshgan. Shuningdek, to'qqiz oy mobaynida bank tomonidan plastik kartochkalarga 3,3 milliard so'm mablag'lar kirim qilingan.

Milliy bank mijozlar uchun plastik kartochkalar nafaqat qulay to'lov vositasi sifatida, balki uni qo'shimcha xizmat va servislardan foydalanish imkonini beruvchi vositaga aylantirishga intilmoqda. Xususan, plastik kartochkalar orqali bajarilgan amaliyotlar va hisob raqam qoldig'i to'g'risidagi ma'lumotlarni mijozlar mobil telefonlariga sms-xabarlar, elektron pochtasiga e-mail xabarlar ko'rinishida olish imkoniyatiga ega bo'lib, bundan tashqari, shaxsiy WEB va IVR kabinetlar orqali ham ma'lumotlarni kuzatib turishlari mumkin.

Hozirgi kunga kelib, bu xizmatlardan foydalanuvchi mijozlar soni 80 ming nafardan oshdi. Bank mijozlarga mobil aloqa, internet, kommunal va boshqa xizmat turlariga on-layn rejimda, mobil telefon yoki internet orqali to'lovlar amalga oshirish uchun sms-to’lov va SLISK xizmatlarini taqdim qilib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Pul muomalasi departamenti plastik kartochkalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Akbarjon Rasulov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Joriy yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan MUNIS netting hisob-kitoblar tizimining ishga tushirilishi natijasida, bu boradagi imkoniyatlar yanada kengaytirildi. Hozirda bu tizim orqali banklar o'rtasida plastik kartochkalar bo'yicha hisob-kitoblardan tashqari, boshqa to'lov turlari ham amalga oshirish imkoniyati mavjud. Hozirgi kunda ushbu tizim orqali ayrim soliqlarni, tabiiy gaz va elektr energiyasi hamda Beeline  mobil aloqa kompaniyasi xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Bankning barcha muassasalarida ushbu tizim orqali to'lovlar qabul qilinmoqda va Milliy bank bu tizimda xizmat turlarini kengaytirish borasida ishlar olib bormoqda.

Milliy bankda yaqin vaqtda chipli xalqaro VIZA plastik kartalarini muomalaga chiqarish ustida ishlar olib borilmoqda. Xususan, bugungi kunda eng xavfsiz hisoblangan chipli kartalarini muomalaga kiritish orqali nafaqat Elektron va Klassik kartalaridan tashqari, qo'shimcha ravishda Gold va Platinum kartalarini emissiya qilish imkoniyati mavjuddir. Shuningdek, mijozlar uchun halqaro kartalar bo'yicha sms-, e-mail-xabarlash va web-kabinet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Hozirda “O'zbekiston havo yo'llari” Milliy aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Viza kartalari sohiblariga dunyo miqyosida Internet tarmog'i orqali ushbu aviakompaniya chiptalariga buyurtma berish va xarid qilish imkonini beruvchi elektron savdoni yo'lga qo'yish borasida tayergarlik ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, bank tomonidan MasterCard xalqaro to'lov assotsiatsiyasiga to'laqonli a'zo sifatida kirish to'g'risida qaror qabul qilingan. Bunda SmartVista dasturiy ta'minotidan foydalanadigan Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi texnologik platforma vazifasini bajaradi. Shunday qilib, keyingi yildan boshlab nafaqat Visa kartalari bo'yicha maxsulotlar ko'lami kengayadi, balki shu bilan birga mijozlarga MasterCard xalqaro to'lov tizimi chipli kartalari taklif etiladi. MasterCard xalqaro to'lov tizimi emissiya hajmiga ko'ra dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Bu bilan bir vaqtning o'zida, mazkur kartalarga xizmat ko'rsatish infrastrukturasi kengayadi, bu esa o'z navbatida  kartalarga ega bo'lgan yurtimiz mehmonlari uchun qo'shimcha qulayliklar yaratadi.

Joriy yilning yakuniga qadar Milliy bankning xizmat ko'rsatish infrastrukturasi qo'shimcha ravishda 5000 ta terminalga, 10 ta bankomatga va 75 ta axborot-to'lov kiosklariga kengayadi.

 

 

UzReport

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/06/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz