The power of trust

MilliyOn

Shopping – now!

MilliyOn

Shopping – now!

NBU in social networks:

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan berilgan kredit evaziga korxona aylanma mablag'ining oshishiga erishildi

23.04.2015 1309

Joriy yilda Respublikamiz banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik   biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini imtiyozli  kreditlash mexanizmi takomillashtirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan   “Global Water Invest” MChJ ga berilgan kredit tufayli mazkur korxona aylanma mablag'ining oshishiga hamda yangi ish o'rinlarining yaratilishiga muvaffaq bo'lindi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritish sharoitining bugungi holati erkin bozor iqtisodiyotining talab va prinsiplari, umumiy xalqaro normalarga to'liq javob beradi. Bunday imkoniyatlar samarasida yurtimizda tashkil etilayotgan korxonalar safi yil sayin kengayib, biznes subektlari faoliyati tobora rivojlanib bormoqda. Poytaxtimizdagi Global Water Invest” MChJ bunga yorqin misoldir. 2010-yilda ish boshlagan korxonada bugungi kunda ko'plab turdagi salqin ichimliklar ishlab chiqarilmoqda.

“Global Water Invest” MChJ ish yurituvchisi  Abdumajid Isroilov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida:

”Xalqimizning farovonligi yuksalgani sari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va turiga bo'lgan talab ham ortib bormoqda. Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidan olgan kreditimiz evaziga korxonani izchil modernizitsiya etib borish, mahsulotlar turini ko'paytirish va sifatini oshirishga harakat qilmoqdamiz. Xorijdan 380 million so'm qiymatidagi zamonaviy texnologiya va jihozlar keltirib o'rnatildi. Bugungi kunda o'nga yaqin salqin ichimliklar, 7 turdagi gazli ichimliklar , 4 turdagi sharbat tayyorlanayapti. Kelajakda maxsulotlarimiz turini yanada ko'paytirishni rejalashtirganmiz”,-deb ta’kidladi. 

Korxona mahsulotlari ichki bozorda allaqachon o'z o'rnini topib ulgurdi. Ular barcha viloyat va shaharlardagi savdo shoxobchalari orqali istemolchilarga yetkazib berilmoqda. Mazkur korxonada 50 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Ularning aksariyati zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni puxta egallagan yoshlardir. Korxona faoliyatining yildan-yilga kengayib borishi bunday xodimlarga ehtiyojni ham tobora oshirmoqda. Darhaqiqat, jamoa ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish va mahsulotlar turini ko'paytirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, aholi bandligi va daromadlarini ta'minlash doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida o'ziga xos muxim axamiyat kasb etadi.

 

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 11/29/2021 05:41:33 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz