The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

Visa Direct

Easy and quick transfers!

NBU in social networks:

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tadbirkorlik sohasini rivojidagi o'rni

07.06.2015 1313

Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror o'sish sur'atlari ta'minlanmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasida mamlakatimizda tadbirkorlik sub'ektlari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu borada o'zining mehnati va hissasini qo'shib kelayotgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ham o'rni katta. Xususan, Milliy bankning har bir jabhada yetakchilikni qo'ldan bermay kelayotganligini birgina sanoat sohasida ham ko'rishimiz mumkin.

  Shisha mahsulotlaridan kundalik hayotimizda tez-tez foydalanib turamiz. Ayniqsa iste'moldagi oziq-ovqat mahsulotlaridan to parfyumeriya mahsulotlarigacha ko'p marotabalik foydalansa bo'ladigan shisha bankachalarda o'zining sifatini saqlagan holda iste'molga yo'naltiriladi.

 Toshkent shahar, Sergili tumanida joylashgan ishlab chiqarish xududida o'z faoliyatini olib borayotgan “CLASS SHINE” mas'uliyati cheklangan jamiyati ana shunday ko'p marotabalik shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan.

Ushbu korxona 2012 yilda oynavand mahsulotlar ishlab chiqarishga mo'ljallangan asbob-uskunalar sotib olish maqsadida Milliy bank Toshkent viloyati bo'limiga kredit so'rab murojaat qildi. Uning murojaati tez orada ko'rib chiqilib, tuzilgan kredit shartnomasiga asosan Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki mablag'lari hisobidan 289.000 (ming) AQSH dollari miqdorida kredit mablag'i ajratilgan.  “CLASS SHINE” MCHJ va Xitoyning  “GUANGZHOU FORTUNA IMP &EXP TRADING CO.,LTD” bilan 2012 yilning fevral oyida  imzolangan import shartnomasiga asosan shisha mahsulotlar ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar keltirildi.

“CLASS SHINE” MCHJ kelgusida o'z faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Xususan, ishlab chiqarilgan bankalarni MCHJning o'zida yaratilishi ko'zda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'ldirish orqali O'zbekiston bozorida o'z o'rniga ega bo'lishni rejalashtirgan.

Muxtasar aytganda, davlatimiz tomonidan sanoat rivojiga qaratilayotgan e'tibor tufayli u istiqlol yillarida iqtisodiyotimizning yetakchi sohalaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlangan pirovard maqsad ham iqtisodiyotimizni mustahkamlash, aholining turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgandir. Milliy bank ham bu borada belgilab berilgan yo'ldan og'ishmay bormoqda.

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/02/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.