The power of trust

Milliy Deposits

Explore more profitable deposits!

Milliy Deposits

Explore more profitable deposits!

NBU in social networks:

O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va ko'shimchalar kiritildi

13.10.2015 1376

«O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi va 2015 yil 20 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq Markaziy banki Boshqaruvi O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va ko'shimchalar kiritdi.

 Unga ko'ra, mijoz hisob-kitob operatsiyalariga doir barcha masalalar bo'yicha unga xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o'rtasidagi nizolar ular o'rtasida tuzilgan bank hisobvarag'i shartnomasiga muvofiq hal qilinadi. O'zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, masalalar sud orqali hal etiladi.

 Bank tomonidan hisob-kitob hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi:

- yuridik shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzolar va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchada ko'rsatilgan namunaga muvofiq bo'lganda, yakka tartibdagi tadbirkorlik va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib dehqon xo'jaligi faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzo va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchada ko'rsatilgan namunaga muvofiq bo'lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.

Bunda mijozlarning imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchasida dumaloq muhr izi qo'yilmagan bo'lsa, hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilinadi.

Hisob-kitob hujjatlari imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchaga imzo qo'ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. Hisob-kitob hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko'chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash ta’qiqlanadi.

Bundan tashqari, Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar bandiga kiritligan qo'shimchaga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qo'yilgan O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag'lari va ular bo'yicha hisoblangan foizlari o'z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega deb belgilandi.

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/06/2021 10:16:34 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz