The power of trust

MilliyOn

Shopping – now!

MilliyOn

Shopping – now!

NBU in social networks:

O'zbekistonda tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yengillashadi

29.10.2013 1978

UzReport 30.10.2013

     Mamlakatimiz qonunchiligida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishning qulay sharoitlarini ta'minlashga qaratilgan qoidalar mustahkamlangan. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatiga olish va hisobga qo'yishdagi byurokratik to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar qabul qilinib, davlat ro'yxatidan o'tkazishning xabardor qilish tartibi va “bir darcha” tamoyili asosida tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi amalga kiritildi.
     Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, ular faoliyatini boshlanishining asosiy bosqichi hisoblanadi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazish, ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish ro'yxatga oluvchi organlarning asosiy faoliyatidan biri sanaladi.
     Ta'kidlash kerakki, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatiga olish sohasidagi normativ-huquqiy baza bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar bilan tavsiflangan hamda ushbu munosabatlarni tartibga solishda bir qator qonun hujjatlaridan foydalaniladi. Mazkur holat, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi shaxslar, ro'yxatga olinadigan sub'ektlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlarini o'zlashtirishda ayrim muammolarni keltirib chiqishi hisobga olinib, Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar hamkorligida “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan UzReport AA muxbiri Adliya vazirligining yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish Boshqarmasi bosh konsultanti U.Xakimov bilan suhbatlashdi. U.Hakimov bu xususda quyidagilarni bayon qildi:
     – “Qonunni ishlab chiqishdan ko'zlangan asosiy maqsad, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatiga olish bo'yicha munosabatlarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlardagi qoidalarni birxillashtirish hisoblanadi.
     Qonun loyihasida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrini yuritish bilan bog'liq bo'lgan masalalarning aniq tartibi alohida bobda ifoda etilishi taklif qilinmoqda. Ushbu bobda yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrini mazmuni va uning tuzilishi, reyestrni yuritish tartibi hamda manfaatdor shaxslarga reyestrda mavjud bo'lgan ma'lumotlar hamda hujjatlarni taqdim qilish tartibi, yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrini yuritish bilan bog'liq bo'lgan boshqa masalalar tartibga solinadi.
     Bundan tashqari, loyihada yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestri va yuridik shaxs bo'lmasdan tashkil etilgan dehqon xo'jaliklarining davlat reyestrini yuritish tartibi ham nazarda tutilgan.
     Qonun loyihasida yuridik shaxs bo'lmagan filial va vakolatxonani tashkil qilishda ularni hisobga qo'yish uchun yuridik shaxslar tomonidan tegishli hujjatlarni ro'yxatdan o'tkazuvchi organga taqdim qilishi shartligi haqidagi normaning mustahkamlab qo'yilishi taklif qilinmoqda.
     Bundan tashqari tijorat va notijorat tashkilotlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibini birxillashtirish maqsadida qonun loyihasiga barcha yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ro'yxatdan o'tkazuvchi organga yuridik shaxslar nomlarining markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasida qulay firma nomi (notijorat tashkiloti uchun esa nom) zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parol taqdim qilishi tartibi taklif qilinmoqda.
     Shuningdek, loyihada yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda qo'llaniladigan asosiy tushunchalar batafsil yoritib berilgan.
     Bir so'z bilan aytganda, “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida”gi yangi Qonun loyihasi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish sohasidagi munosabatlarni takomillashtirishga, shuningdek davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonini yanada soddalashtirishga, pirovardida, mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitida faoliyat ko'rsatuvchi  tadbirkorlar safining kengayishiga xizmat qiladi.”
 

1
1



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/03/2021 11:43:51 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz