The power of trust

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

O'zbekistonda XXR raisi Si Szinpinning davlat tashrifi boshlandi

21.06.2016 1014

   O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 21 iyun kuni mamlakatimizga  Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning davlat tashrifi boshlandi. Shuni  alohida ta'kidlash kerakki,  XXR raisi bu safar mamlakatimizga tashrifini Buxoro shahrini ziyorat qilishdan  boshladi. Ziyoratdan so'ng,  yuqori martabali mehmon O'zbekiston poytaxtiga yo'l oldi va Toshkent xalqaro aeroportida  XXR rasini davlatimiz rahbari Islom Karimov kutib oldi. 

   Avvalo shuni aytish kerakki, bugungi kunda XXR O'zbekistonning xalqaro  maydonidagi eng muhim hamkori  va yirik sarmoyadorlaridan biridir. Ikki davlat  o'rtasida  o'zaro hamkorlikning ko'p darajali mexanizmi yaratilgan. U turli darajadagi uchrashuvlarni – ya'ni,  davlat rahbarlari muzokaralaridan tortib ishbilarmon doiralarning biznes aloqalarigacha bo'lgan munosabatlarni o'z ichiga oladi. Faqatgina keyingi uch yil davomida  besh marotaba ana shunday uchrashuvlar tashkil etildi. Bu  Si Szinpinning mamlakatimizga XXR raisi sifatidagi ikkinchi tashrifidir.  Ushbu tashrif  Xitoy siyosiy doiralarining       O'zbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga katta e'tibor qaratayotgani hamda davlatlar o'rtasida  samarali muloqotni kengaytirishga bo'lgan intilishlar mushtarak ekanligini anglatadi.

   Toshkent xalqaro aeroportida fahriy qoravul saf tortdi. Oliy martabali mehmonni O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov rafiqasi bilan birga qarshi oldi. Ikki davlat rahbarlarining do'stona  o'zaro qo'l  siqishlaridan keyin Islom  Karimov va Si Szinpin o'rtasida qisqa muloqot bo'lib o'tdi. Asosiy  uchrashuvlar 22 iyun kuniga rejalashtirilgan. 

   Ikki kunlik oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog'ida O'zbekiston – Xitoy munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalarning muhokama etilishi ko'zda tutilgan. Tashrif dasturiga ko'ra,  Xitoy Raisi Oliy Majlis Senati a'zolari va                        Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so'zlaydi.  Tashrif yakuni bo'yicha O'zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining qo'shma bayonoti qabul qilinib, ikki davlat  o'rtasida ko'p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan bitim va boshqa hujjatlarning imzolanishi rejalashtirilgan.  Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo- davlatlar rahbarlari Kengashining Toshkent  Sammitida ham  ishtirok etadi.

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/02/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.