The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

MilliyOn

Shopping – now!

NBU in social networks:

O'zbekistonda zamonaviy, xalqaro elektron savdo maydonchasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda

21.05.2014 1146

     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi Xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirishda ko'maklashish chora-tadbirlarini belgilab olish yuzasidan davra suhbatlari bo'lib o'tdi. Mutassadi davlat tashkilotlari, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, tashqi savdo va logistik kompaniyalari ishtirokida o'tkazilgan tadbirning asosiy maqsadi -  eksportbob mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan yuzaga kelayotgan muammolarni chuqur o'rgangan holda, ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.
     Tadbir davomida jamg'arma tomonidan amalgam oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan mahsulotlarni xorijga eksport qilishda elektron savdo maydonlaridan foydalanish tartiblari, “www.exporter.uz” portalining imkoniyatlari, respublikada elektron savdoni rivojlantirish va unga tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar hamda Tovar xom-ashyo birjasi orqali mahsulotlarni chet davlatlarga eksport qilishda yangidan tashkil etilgan uzex.uz elektron portali to'g'risida ma'lumotlar berildi.    
     Shu o'rinda ta'kidlash joizki O'zbekiston respublikasi “Tovar xom-ashyo birjasi” elektron portal yaratishda Jamg'arma bilan yaqin hamkorlik qilishmoqda.
     Bundan tashqari, tadbir davomida Jamg'arma tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga ham to'xtalib o'tildi. Jumladan, joriy yilning yanvar-aprel oylarida Jamg'arma ko'magida 514 ta tadbirkorlik subyektlari umumiy qiymati 279,9 mln. AQSh dollariga teng qurilish, tekstil, kimyo, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo'jaligi mahsulotlari hamda turizm, transport, marketing, konsalting xizmatlarini xorijga eksport qilishgan.
     Tadbir yakunida Jamg'arma bilan Singapurning “JA International Companies” xalqaro kompaniyasi o'rtasida O'zbekistonda xalqaro elektron maydonchasini tashkil etish bo'yicha kelishuv imzolandi. Unga muvofiq, 2015 yilda respublikada jahon talablariga javob beradigan, zamonaviy, xalqaro elektron savdo maydonchasi ishga tushishi rejalashtirildi. Yaratilajak savdo maydonining afzalliklaridan biri - mahalliy tadbirkorlar uchun ushbu tizim orqali o'z mahsulotlarini xorijga to'g'ridan-to'g'ri eksport qilish imkoniyatining yaratilishidir.

UzReport 22.05.2014

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/03/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.