The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

MilliyOn

Shopping – now!

NBU in social networks:

O'zmilliybank 'Moody's' va 'Standart & Poor's' kabi xalqaro agentliklarning reytinglarini olgan va saqlab turibdi

25.06.2015 1102

Milliy bank 23 yillik faoliyati mobaynida ko'plab yutuqlarga erishib, mo'ljaldagi rejalarni amalga oshirishga muvoffaq bo'lib kelmoqda.  Mamlakat moliya bozorining hozirgi zamon tarixi uchun bu muddat professional mahoratning munosib ko'rsatgichi hisoblanadi. Mijozlar sonining yil sayin ko'payib borayotganligi ham bunga yaqqol isbot bo'la oladi.

Shu o'rinda qayd etish joizki, Bank hozirgi kunda xalqaro bank hamjamiyatida katta va mustaham obro' qozonib, eng taniqli xalqaro nashrlarning nufuzli reytinglarida har yili ishtirok etib, jahon bank tizimida ilg'or pozitsiyalarni dadil saqlab turibdi.

1993 yildan buyon Milliy bank har yili "The Banker" nashri tomonidan e'lon qilinadigan jahonning 1000 ta eng yirik banki reytingidan joy olib kelyapti. Hozirgi kunda O'zmilliybank "Moody’s" va “Standart & Poor’s” kabi xalqaro agentliklarning reytinglarini olgan va saqlab turibdi. Xususan, " Standart & Poor’s"  reyting agentligi Milliy bankka "V+" uzoq muddatli reytingi hamda "V" qisqa muddatli reytingini bergan. "Moody’s Investors Services" reyting agentligi bankning milliy valyutadagi depozitlari bo'yicha "V1/Not Prime", horijiy valyutadagi depozitlar bo'yicha "V2/ Not Prime " reytinglarini belgilagan. Barcha reytinglar uchun prognoz-"barqaror".

Milliy bank Osiyo bankchilar uyushmasi, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Taraqqiyot moliya muassasalari uyushmasi hamda Shanhay hamkorlik tashkiloti banklararo birlashmasi kabi bir qancha yetakchi xalqaro moliya muassasalarining azosi hisoblanadi.

 

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 07/26/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.