The power of trust

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

NBU in social networks:

Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

17.08.2012 4060

Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida” 1992-yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining hay’ati 2012-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 19 avgust yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilganini inobatga olib, Hayit ayyomini keng nishonlash maqsadida 2012-yil 20 avgust kuni dam olish kuni sifatida belgilansin va 19 avgust bayram kuniga qo‘shilsin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, boshqa barcha mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli, yuqori darajada hamda xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

8
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/02/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz