The power of trust

Background
Milliy Deposits
Explore more profitable deposits!
More details
Background
Student loan
Credit for full-time, evening, correspondence forms of education
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

Sog‘lom turmush sari

27.03.2021 1821

Ayollar “Milliy bank kubogi” uchun kortga chiqishdi.

2020 yil 30 oktyabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoni e'lon qilingan edi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki shunga monand muntazam ravishda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sport rivojini targ‘ib etib kelmoqda. Xususan, 27 mart sanasida Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida ayollar uchun qiziqarli musobaqa o‘tkazildi.

“O‘zmilliybank” AJ bejizga O‘zbekiston tennis federatsiyasining asosiy homiylaridan hisoblanmaydi. Sportning ushbu turi bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ kubogi uchun tashkil etilgan «Navro‘z» tennis turnirida 70 yoshgacha bo‘lgan 30 nafardan oshiq havaskor sportchilar ishtirok etdilar.

— Mamlakatimizda ayollar uchun bunday darajadagi musobaqa ilk marta tashkil etilmoqda. Buning uchun asosiy homiy — “O‘zmilliybank” AJ ga ulkan minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Musobaqa yurtimizda tennis rivojiga katta ta'sir ko‘rsatadi, — dedi sobiq tennischi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Iroda To‘laganova.

Musobaqa davomida shuningdek qiziqarli tanlovlar, ko‘ngilochar interaktivlar va fleshmoblar o‘tkazildi. Akvagrim va animatorlar bilan birga bolalar hududida shirinliklar ham ulashildi.

Juftlik bo‘yicha o‘tkazilgan bahslar finaliga Olga Vlaseva-Greta Grigoryan hamda ona-bola sportchilar — Farida Musina-Kamila Musinalar chiqishdi. Murosasiz o‘tgan bahsda Olga Vlaseva-Greta Grigoryanlar juftligi g‘alaba qozondi.

Musobaqa g‘oliblariga sovrin va 5 million so‘mdan mukofot berilgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari mos ravishda 3 million hamda 2 million so‘mdan taqdirlanishdi.

“O‘zmilliybank” AJ bundan keyin ham sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi tadbirlarni faol tashkil etadi.

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 02/29/2024 09:13:06 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz