The power of trust

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydigan Nizom tasdiqlandi

12.08.2015 2678

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi  qarori bilan “Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi Nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. 

Hujjatda Davlat soliq qo'mitasi xususiy tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlar cheklangan sonining belgilangan mezonlariga rioya etishi yuzasidan nazorat o'rnatishi,  shuningdek yollanadigan xodimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xususiy tadbirkorlarni aniqlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirishi nazarda tutilgan.

Nizom qoidalari  yuridik shaxs  bo'lmagan  oilaviy tadbirkorlik subektlariga tatbiq etilmaydi. Unda xodimlarni yollamasdan faoliyatni amalga oshiradigan xususiy tadbirkorlar uchun qonunchilikda  nazarda tutilgan davlat ro'yxatidan o'tkazish, hisobga qo'yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibi amal qilinishi ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek hujjatda, xususiy tadbirkor xodimlar yollashni bankda belgilangan tartibda hisob raqami ochilgandan keyin amalga oshirishi mumkinligi ham keltirib o'tilgan. Unga ko'ra, bir necha faoliyat turlari bilan shug'ullanadigan xususiy tadbirkor, faoliyat turlari sonidan qat'i nazar, uch nafardan ko'p bo'lmagan xodimlarni yollash huquqiga ega. Xususiy tadbirkor bilan mehnat munosabatlari o'rnatgan jismoniy shaxslarga xususiy tadbirkor sifatida qaralmaydi va ular xususiy tadbirkor nomidan huquqiy hujjatlarni imzolash huquqiga ega emas.

 Shu bilan birga, Nizomda mehnat shartnomasini tuzish va yollangan xodimlarning mehnat stajini hisoblash xususiyatlari ham ko'rsatib o'tilgan. Xususan, tadbirkor bilan  xodim o'rtasidagi mehnat munosabatlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Xususiy tadbirkor xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etilishini ta'minlashi shartligi ham qayd etilgan. Xodimlarni yollaydigan xususiy tadbirkorlarni davlat soliq hizmati organlarida hisobga olish xususiyatlariga ko'ra esa, tadbirkor yollangan xodimni hisobga qo'yish to'g'risida xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay davlat soliq xizmati organiga ariza taqdim etadi.

 

UzReport

21
2



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/01/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.