The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Alo, men 21-asrdan telefon qilyapman” mavzusidagi maqolaga MUNOSABAT

21.08.2020 554


Mijozlarning banklardagi hisobraqamlariga xizmat ko‘rsatish shu jumladan, hisobraqamlar bank aylanmalari va xisobraqam qodiqlari to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etish ishlari mijoz bilan bank o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan olib boriladi.

Shartnoma shartlariga asosan bank o‘z mijozlarining shaxsiy hisobraqamlari, shu jumladan,  omonatlari bo‘yicha ham barcha ma'lumotlarni sir saqlash hamda unga doir ma'lumotlarni faqat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mijozning shaxsan o‘zi yoki uning ishonchli vakili tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar asosida taqdim etish majburiyatini olgan. 

Bunga ko‘ra bank tomonidan ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochta orqali murojaat qilgan hollarda ularni haqiqatda shaxsini identifikasiya qilish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli “bank mijozlarining bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarini” taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi «Bank siri to‘g‘risida»gi Qonun talablariga zid ravishda uchinchi shaxsga oshkor qilish deb hisoblaniladi.

Pandemiya bilan bog‘liq holda o‘rnatilgan karantin davrida mijozlarimizga qulaylik yaratish maqsadida, bank tomonidan an'anaviy xizmat turlari mobil ilova va boshqa turdagi masofaviy tarmoqlar orqali taqdim etilib borilmoqda. Ayrim hollarda istisno tariqasida noan'anaviy turdagi bank xizmatlari mijozning holatidan kelib chiqib, bank uchun yuqori riskni tashkil qilmagan hollarda masofaviy ravishda taqdim qilish choralari ko‘rilmoqda. Maqolada keltirilgan holat bo‘yicha ham mijozimizga tegishli xizmatlar masofaviy taqdim qilindi.

Xamyurtimiz tomonidan maqolada bildirilgan takliflardan shu kabi rivojlangan xizmatlarni joriy qilishda foydalanamiz.
Bugungi kunda, mijozlarimizning barcha takliflarini inobatga olib, qonun xujjatlariga amal qilgan xolda bankimizda xizmatlar tezkorligini oshirish maqsadida mavjud bank texnologiyasi tizimini zamonaviy dasturiy ta'minotlar va texnik uskunalar bilan ta'minlash, masofaviy xizmat turlarini ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/03/2021 05:42:05 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz