TIF Milliy banki rivojlangan axborot infratuzilmasiga ega
07.05.2015
4249
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki barcha yo'nalishlarda ma'lum yutuqlarga erishish bilan bir qatorda rivojlangan axborot infratuzilmasiga ega bo'lib, u axborot tizimlariga qo'yiladigan xalqaro standartlarga javob beradi. Avtomatlashtirilgan bank tizimi esa moliyaviy resurslarni kerakli sohalarda jamlab, bank bo'linmalarini operativ tarzda idora etish imkonini beradi. Shu bilan birga, jahondagi axborot texnologiyalari rivojlanish tendensiyalarini e'tiborga olib, mutaxassislar bank axborot tizimlarini takomillashtirish borasida yangi loyihalarni amalga oshirmoqda.
Xususan, Milliy bankning rasmiy sayti orqali interaktiv xizmatlar olish imkoniyati mavjud bo'lib, bu bank mijozlariga hamda bank faoliyatiga qiziquvchilarga bir qancha qulayliklarni tug'diradi. Unda sohaga oid barcha jabhalar qamrab olingan.
Jumladan, bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri kreditga oid xabar va ma'lumotlar bankning rasmiy saytida alohida keltirilgan. Xususan, saytning “onlayn kredit olish uchun ariza” havolasida kredit ariza blankasi taqdim etilgan. Bunda, kredit olishni maqsad qilgan mijoz arizani to'g'ridan-to'g'ri to'ldirib jo'natishi mumkin. Bank rahbariyati arizani ko'rib chiqqan holda mijozning talabi qondirilish yoki qondirilmasligi to'g'risida uning elektron pochta manziliga javob yuboradi.
E'tiborga molik jixati shundaki, bankning rasmiy sayti orqali O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Boshqaruvi Raisiga ham to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish imkoniyati mavjud bo'lib, bunda fuqaro maxsus bo'limni to'ldirgan holda o'z savoli bilan murojaat qilishi mumkin. Bundan tashqari, boshqa qiziqtirgan savollar bilan ham interaktiv xizmatlar bo'limining savollar va javoblar havolasidan foydalanish mumkin.
Shu o'rinda aytish joizki, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali internet tarmog'i faoliyat ko'rsatib, unda ro'yxatga olish va avtorizatsiya qilish jarayonidan o'tgan foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatiladi. Milliy bankning onlayn xizmatlar sahifasidan joy olgan “Fuqarolar va yuridik shaxslarning elektron murojaatlari” havolasi aynan portalda ro'yxatdan o'tgan fuqarolar uchun amal qiladi. Shuningdek, “Fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish” havolasi ham aynan Yagona portaldan ro'yxatdan o'tgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
www.nbu.uz (www.nbu.com) saytining asosiy menyusida joylashgan FORUM bo'limi esa bundan mustasno. Unda sayt foydalanuvchilari o'rtasida onlayn muloqotga kirishish imkoni mavjud. Buning uchun fuqarodan hech qanday ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi.
Axborot texnologiyalari Departamenti internet-texnologiyalari bo'limi bosh mutaxassisi Otabek Muhammedjanov jumladan shunday ta'kidlaydi:
– Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bugungi kunda turli xil interaktiv xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Jumladan, milliy bank tomonidan amalga kiritilgan depozit turlari va shartlari, foizlari hamda muddati bilan aynan “Depozitlar” havolasi yoki asosiy menyudagi bo'lim orqali tanishish va ma'lumotlar olish mumkin.
Bundan tashqari, saytning pul jo'natmalari havolasiga kirish orqali Milliy bank tizimida ish olib borayotgan pul jo'natmalari turlari, tarifi, shartlari, muddati kabi ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Shuningdek, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida “Talabnoma shakllari va blankalari” havolasi mavjud bo'lib, unda bankning asosiy talab qilinadigan hujjatlari, blankalari va shakllari o'rin olgan. Mijoz unga zarur bo'lgan blankalar va arizalar formasini chop etib, to'ldirib va kerakli hujjatlar bilan to'liq holga keltirgan ravishda, bank xizmatlaridan foydalanish uchun zarur hujjatlar to'plamini tayyor holda taqdim etadi. Bu esa mijozning vaqtini tejashiga zamin yaratadi.
Shuningdek, shaxsiy kabinet orqali mijoz o'zining debet va kredit hisob raqamlari aylanishi, ular bo'yicha qoldiqlar, kirim-chiqim operatsiyalarini kuzatib borishi mumkin. Kredit kalkulyatori orqali olgan yoki olishni rejalashtirilgan kredit summasini xisoblab chiqish, oyma-oy to'lab boriladigan kredit summasini oldindan bilish mumkin.
Kredit kalkulyatori orqali olgan yoki olishni rejalashtirilgan kredit summasini xisoblab chiqish, oyma-oy to'lab boriladigan kredit summasini oldindan bilish mumkin.
Endilikda to'lovlarni qabul qilish punktlariga bormasdan, foydalanuvchilar har qaysi modeldagi uyali aloqa vositasi orqali naqd pulsiz to'lovlarni internet orqali amalga oshirish, yoki internetdan foydalanmasdan, SMS xabarlar yoki GPRS tizimi orqali to'lovlarni bajarish imkoniyatini beruvchi Onlayn to'lov tizimi orqali amalga oshirilari mumkin. Plastik kartada mavjud bo'lgan pul mablag'laridan ko'p miqdorda foydalanish, sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun mobaynida xox kommunal xizmatlar, xox uyali aloqa, internet provayderlar, internet to'lov, transport, televideniye, shuningdek, sug'urta kafolatli to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatini Onlayn to'lov tizimi taqdim etadi.
Xususiy mijozlar uchun faqat kartochkadan emas, depozit hisobvaraqlaridan ham to'lovlar o'tkazish, internet bankingni joriy etish va shu orqali R-bank tizimiga ulangan bank mijozlariga bankda ochilgan hisobvaraqlar bilan dunyoning istalgan joyida turib ishlash imkonini beradi, plastik kartochkalar egasi bo'lgan xususiy mijozlar uchun ONLINE BANK xizmati joriy etilganligi hamda mazkur xizmat ularga SMS-/EMAIL-xabarlash va Web-/IVR- kabinetidan foydalanish imkonini beradi.
Xususiy mijozlarga axborot xizmatlarini yanada takomillashtirish doirasida, shaxsiy kabinet orqali depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlar va aylanmalar haqida, berilgan kreditlar qanday so'ndirilayotgani va omonatlar bo'yicha hisoblangan foizlar to'g'risida ma'lumotlar olish ham mumkin.
Shuningdek, depozit hisobvaraqlaridagi qoldiq va aylanma mablag' haqidagi ma'lumotlarni ko'rib chiqish imkoniyati ishlab chiqildi. Kreditlar bo'yicha qarzlarni to'lash va depozitlar bo'yicha hisoblangan foizlar haqida axborot berish ham rejalashtirilgan. VISA kartalari egalariga axborot xizmatlarini taqdim etildi VISA serverining ONLINE BANK va PRIME tizimlari yulga kuyildi.
Xulosa o'rnida qayd etish zarurki, Milliy bankning yuqori malakali professional xodimlar komandasi bank axborot tizimlari ishini ta'minlashda hamda yangi, eng istiqbolli axborot texnologiyalarini joriy etishda salmoqli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Bu esa Milliy bankning yuksak raqobatbardoshliligini kafolatlaydi.
UzReport