The power of trust

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

NBU in social networks:

Tijorat banklari xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishga 986,3 mlrd so'm kredit ajratdi

20.10.2014 1253

Ma'lumki, mamlakatimizda moliyaviy-sanoat guruhlarini tashkil etish va xorijiy kapitalni jalb etish yo'li bilan O'zbekistonning sanoat va bank tarmoqlari kooperatsiyasini kuchaytirish masalasi Prezidentimiz tomonidan strategik ahamiyatga molik masala sifatida belgilangan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tashabbusi bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Bank hamkorligida tashkil etilgan  seminarda iqtisodiyotning real sektorini qo'llab-quvvatlash, bazaviy tarmoq korxonalarining barqaror faoliyat ko'rsatishini ta'minlash, iqtisodiy nochor korxonalarni ishlab chiqarish salohiyatini tiklash va modernizatsiya qilishda O'zbekiston bank tizimining hissasiga alohida e'tibor qaratildi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi "Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga asosan, tijorat banklari tomonidan iqtisodiy nochor korxonlarni tiklash va modernizatsiya qilish hamda ular negizida zamonaviy yangi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni tashkil etish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, tadbirda Tijorat banklari balansiga jami 173 ta iqtisodiy nochor korxonalar qabul qilingan bo'lib, ushbu korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash va modernizatsiya qilish maqsadida, tijorat banklari tomonidan 588,8 mlrd. so'mdan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar yo'naltirilganligi ma'lum bo'ldi.

Shuningdek, matbuot anjumanida ta'kidlanganidek, o'tgan davr mobaynida banklar tomonidan korxonalarda to'g'ri yo'lga qo'yilgan boshqaruv natijasida jami 2,8 trln. so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va shundan, 780 mln. AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilindi.

Eng muxumi ushbu korxonalarda 21 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari tashkil etilgan.

Tadbir davomida shuningdek, nochor korxonalarning banklar balansiga qabul qilinishi hamda ulardagi eskirgan asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish uchun investitsiyalar kiritilishidan avval ular zarar bilan ishlagan, bino va inshootlari kapital ta'mirga muhtoj bo'lib, asbob-uskunalari esa, ma'nan eskirgan va shu bois, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning, hizmat ko'rsatish va servis sifati past darajada bo'lib, bankrotlik darajasiga kelib qolganligi aytib o'tildi.

Shu o'rinda takidlash joizki, yurtimiz tijorat banklari tomonidan aynan xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishga joriy yilning 9 oyi mobaynida 986,3 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilib, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga o'sgan.

Bugungi kunda, tijorat banklari tomonidan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash bo'yicha olib borilgan samarali ishlar natijasida, ishlab chiqarish faoliyati tiklangan 131 ta korxona yangi investorlarga sotildi.

Shu bilan birga, tijorat banklari balansida qolgan 42 ta korxonalardan 37 tasida ishlab chiqarish faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, bugungi kunda ushbu korxonalarni yangi investorlarga sotish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

 

 

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/03/2021 11:43:51 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz