The power of trust

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

Tovarlarni bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirish mavzuida seminar tashkil etildi

29.03.2015 1659

Mamlakatimizda ishbilarmonlik va investitsiya muhiti darajasining xalqaro reytingini yanada oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi sub'ektlarga qulay  shart-sharoitlarni yaratish maqsadida  2013 yil 1 yanvardan boshlab tovarlarni bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi amaliyotga joriy qilindi. Ushbu masalaga bag'ishlangan Davlat bojxona qo'mitasida "Tovarlarni  bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirishning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi  ahamiyati va erishilayotgan natijalar" mavzuida seminar tashkil etildi.

Ma'lumot uchun yana shuni qayd etish darkorki, ushbu yo'nalishda shuningdek "Tovarlarni bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi to'grisida"gi  Nizom ham tasdiqlanib, "Elektron deklaratsiyalash" axborot tizimi amaliyotga joriy etildi. Bu orqali tadbirkorlar tomonidan deklaratsiyalar, tovar va transport vositalariga oid xujjatlar hamda xisobotlarning bojxona organlariga masofada turib elektron taqdim etish va rasmiylashtirish yo'lga qo'yildi. Internet orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish imkoniyati yaratilib, 2014 yilda eksport-import operatsiyalari yuzasidan rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyalarining 402 mingdan ortig'i yoki 98,7%i elektron tarzda taqdim etildi. 

Muhim jixatlardan yana biri shundaki, elektron deklaratsiyalashning joriy etilishi tadbirkorlik sub'ektlarini himoya qilish, ular tomonidan bojxona  qoidalari  buzilishining oldini olish imkonini ham beradi. Shuningdek tadbirda  ushbu tizim tomonidan qayd etilgan ogohlantirishlar natijasida 850 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan bojxona qoidalari buzilishining oldi olinganligi aytib o'tildi. Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan shartnomalarni Yagona ineraktiv xizmatlar davlat portali orqali elektron tarzda ro'yxatdan o'tkazish interaktiv xizmatining kiritilishi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga ortiqcha qog'ozbozlikka barxam berishning oldini olishga qaratilgan yana bir muxim imkoniyatni takdim etdi. Birgina, o'tgan yil yakuniga qadar 21,5 mingdan ortiq shartnoma va qo'shimcha bitimlar elektron shaklda ro'yxatdan o'tkazilib, bu jami bu kabi xujjatlarning 40 % ini tashkil qildi.  Nafaqat bojxona yuk delaratsiyalari, balki u bilan birga topshirilishi lozim bo'lish turli sertifikat, shartnoma, yuk-kuzatuv varaqalari kabi bir qator hujjatlarning ham elektron shaklda taqdim etilishi natijasida o'tgan yilda tadbirkorlar tomonidan 60 tonnaga yaqin qog'oz tejaldi. Qizgin muhokamalarga boy tarzda o'tgan tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga atroflicha javob oldilar. 

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 11/29/2021 05:57:28 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz