The power of trust

Milliy Deposits

Explore more profitable deposits!

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

NBU in social networks:

'To'ytepa Tekstil' MChJ tomonidan bir oyda 626,8 tonna yigirilgan ip ishlab chiqarilmoqda

28.11.2014 1356

Milliy bank O'zbekiston moliya bozoridagi yetakchi investitsiyaviy muassasalardan biridir. Hozirda bank «NBU INVEST GROUP» va «NBU INVESTMENT» investitsiyaviy kompaniyalari orqali to'qimachilik, qurilish materiallari, qishloq xo'jaligi kabi strategik ahamiyatga ega tarmoqlardagi bankrot-korxonalar bazasida yaratilgan 29 ta sho'ba korxonani boshqarib kelmoqda. Xususan, «To'ytepa Tekstil» MChJ ham shular qatoridan joy olgan. 

 «To'ytepa Tekstil» MChJ Milliy bank tomonidan sobiq «Spenteks To'ytepa tekstil» MCHJ bankrot xorijiy korxonasining mulki bazasida 2013 yilning oxirida tashkil etilgan. Paxta tolasiga qayta ishlov berish va paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona Toshkent viloyatida joylashgan.

Bank tomonidan ko'rsatilgan moliyaviy ko'mak natijasida, korxonada ishlab chiqarish sifatini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, korxonani boshqarish tuzilmasi optimallashtirilib, ishchilar davomatini ro'yxatga olish bo'yicha dastur hamda tegishli uskuna o'rnatildi. Qayd etish kerakki, amalga oshirilgan choralar hisobiga, bugungi kunda korxonada 900 dan ortiq ish o'rinlari yaratilgan.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish uskunasiga rejali xizmat ko'rsatish joriy etilib, ushbu uskunani ishga tushirish uchun ehtiyot qismlar xarid qilindi va bu korxonadagi o'rtacha sutkalik ishlab chiqarish quvvatini oshishiga olib keldi. Shu tariqa, bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har oylik hajmi 626,8 tonna yigirilgan ipni tashkil qiladi.

Ta'kidlash kerakki, ayni paytda «To'ytepa Tekstil» MChJ mijozlari orasida “Tianjin Textile”, “Xinjiang Benma” va “China National Garments” kabi yirik Xitoy kompaniyalari mavjud.

«China Techmatech» import bo'limi rahbari Li Yun Pen «UzReport» AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– O'zbekistonga yigirilgan ip eksporti bo'yicha mamlakat salohiyati va investitsiyaviy muhitini o'rganish uchun tashrif buyurdik. Kompaniyamiz to'qimachilik mashinasozligi sohasida faoliyat yuritib, shuningdek yigirilgan ip, paxta tolasi kabi to'qimachilik mahsuloti xarii bilan shug'ullanadi. Bugungi kunda kompaniyamiz Xitoy bozorida yigirilgan ip bo'yicha eng yirik treyder sanaladi. Kompaniyaning mahsulot xaridiga bo'lgan ehtiyoji yiliga qariyb 300 ming tonnani tashkil qiladi. O'zbekistonda 15 tonnagacha mahsulot sotib olishni rejalashtirganmiz. Hozirda mazkur korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo'yicha «To'ytepa Tekstil» MChJ bilan muzokaralar olib boryapmiz.

Shu tariqa, Milliy bank va uning investitsiyaviy kompaniyalari tomonidan bankrot-kompaniyalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va ishlab chiqarishni tiklash bo'yicha olib borilayotgan ishlar korxonani rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvatiga olib chiqish, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan va imte'molchilarning yuqori talabiga ega bo'ladigan mahsulotni ishlab chiqarish qatorida, yangi ish o'rinlarini yaratish va umuman olganda mamlakat iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 07/27/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.