Xalqaro plastik kartalari orqali firibgarlik
07.10.2020
2064
Plastik kartalar bo‘yicha firibgarlikning ko‘pgina usullari mavjud. O‘zmilliybank so‘nggi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi firibgarlik sxemasi ko‘payib ketganligiga ahamiyat berdi.
Aytaylik, moliyaviy savodxonlikka test ko‘rinishida so‘rov o‘tkaziladi. Test chog‘ida potensial qurbon test natijasi jo‘natiladigan elektron pochtasi yoki telefonining raqami kabi o‘z aloqa ma'lumotlarini kiritadi. Keyin aloqa ma'lumotlarini olib, test o‘tkazilgandan so‘ng firibgarlar potensial qurbon bilan aloqaga chiqadi va savdo platformasi bo‘lgan saytning xizmatidan foydalanishni taklif qiladi. Mazkur sayt minimal sarmoyada ham daromadni oshirishga yordam berishiga mijozni ishontiradi va bonuslar hadya qiladi. Qurbon firibgarlarning qarmog‘iga ilinganidan keyin ular kamida 100 AQSh dollari miqdordagi sarmoyalardan boshlaydi va uni xuddiki muvaffaqiyatli sarmoya sifatida 150-200 AQSh dollari miqdorida qaytaradi. Shu bilan qurbonning ishonchiga kiradi.
Keyin yana bonuslarni taklif qilishni boshlaydi, lekin katta sarmoyalar uchun, va ko‘pchilik soddaligi tufayli brokerlarga 500-3000 AQSh dollari miqdorida yirik summalarni ishonib topshiradi. Shunday sarmoyalar seriyasidan keyin ular pozisiya yuqoriga ko‘tarilayotganligini va yana ko‘proq sarmoya kiritish kerakligini ko‘rsatadi. Yana kattaroq summani kiritishga undaydi, lekin keyin pozisiya keskin tushib ketadi, va qurbon hisob-raqamdan pul mablag‘larini yechishga harakat qilib, vahimaga tushishni boshlaydi. Biroq, pozisiya ochiq bo‘lganida ommaviy ofertaga muvofiq, mablag‘larni yechib bo‘lmaydi.
Mana shunday sxema bo‘yicha firibgarlar yengil va tez daromadni va'da qiladigan odamlarga oson ishonadigan ehtiyotkorsiz karta egalarining va yengil pul ishtiyoqmandlarining mablag‘larini olib qo‘yishi mumkin.
Karta egalari shuni yodda tutishlari kerakki, agar ular shu kabi sarmoya ishlariga aralashadigan bo‘lsa, unda boshlanishida sarmoya kiritadigan saytning shartlari bilan tanishib chiqishlari, internetda saytning boshqa foydalanuvchilarining xulosalarini topib, ko‘rib chiqishlari lozim. Plyus har qanday shu kabi saytning shu turdagi moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazishga o‘zining lisenziyasi bo‘lishi kerak. Lisenziyani kim berganligini va uning seriya raqamini bilib, uning haqiqiyligini tekshirib chiqish zarur. Buni lisenziyani bergan tartibga soluvchining sayti orqali amalga oshirish mumkin. Masalan, brokerga lisenziyani bergan tartibga soluvchining texnik quvvatlanishida lisenziyaning amal qilish muddatini va haqiqiyligini tekshirish mumkin.
Agar karta egasi shu kabi firibgarlarning qurboni bo‘lgan bo‘lsa, asosiysi shuni yodda tutish lozimki, broker bilan yozishmalar, uning ismi va familiyasi, mijoz tarafidan imzolangan barcha hujjatlar va saytning va uning ommaviy ofertasining ma'lumotlari kabi barcha dalillarni maksimal tarzda yig‘ishi kerak. Ushbu barcha hujjatlarni kartani bergan bankka taqdim etish kerak, kartaning orqasidagi raqam bo‘yicha murojaat qilish kerak. Lekin har doim ham o‘g‘irlangan mablag‘larni oddiy yuridik sabablar bo‘yicha qaytarib bo‘lmaydi - potensial qurbon saytning ommaviy ofertasini qabul qilib, saytning shartlariga ko‘nib bo‘lgan. Unutmaslik lozim, saytning ommaviy ofertasi - bu ham shartnoma, va u yuridik kuchga ega.
O‘zmilliybank еhtiyotkorlikka chaqiradi! Hamda yengil va oson pullarni topishni istaganingizda, shu maqola yodingizga tushsin!