The power of trust

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

Visa Direct

Easy and quick transfers!

NBU in social networks:

Xalqaro to‘lov kartasining ishlatilishi va tijorat banklarida jismoniy shaxslardan chet el valyutasini sotib olish to‘g‘risida O‘zmilliybank axboroti

15.09.2017 1319

O‘zmilliybank bilan yanada qulay!!!

Respublikamizda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda mukammal valyuta xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №5177-sonli farmoni qabul qilinganligi Vatanimizning jahon hamjamiyati orasidagi o‘rnini yanada mustahkamlash uchun qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Mazkur farmonga binoan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan banklarning valyuta ayirboshlash shahobchalari orqali chet el valyutalarini milliy valyuta – so‘mga erkin ayirboshlashlari hamda o‘zlarining milliy valyutadagi mablag‘lariga konversion kartalar orqali chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olish mumkinligi ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan, O‘zmilliybank tomonidan valyuta amaliyotlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda mijozlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida quyidagi qulayliklarni joriy etmoqda. Jumladan, bank tomonidan chet el valyutasini sotib olishda: - AQSh dollari, Yevro, Angliya funt-sterlingi, Yaponiya yenasi hamda Shveysariya franki ko‘rinishidagi chet el valyutasidagi pul mablag‘lari bankning valyuta ayirboshlash shahobchalari orqali hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinmoqda. Bank tomonidan chet el valyutasini sotishda: - Chet el valyutasini sotib olish maqsadida ishlatiladigan konversion kartalarni rasmiylashtirish uchun amalga oshiriladigan to‘lov endi bor yo‘g‘i 100 ming so‘mni tashkil qiladi; - Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, konversion kartani rasmiylashtirish jarayoni yanada tezlashtirildi; - Chet el valyutasini sotib olish uchun milliy valyutadagi mablag‘ ixtiyoriy ko‘rinishda, jumladan: naqd, bankda saqlanayotgan omonatlar, shuningdek milliy valyutadagi, konversiya qildiruvchi nomiga rasmiylashtirilgan so‘m plastik kartalardagi mablag‘lar ko‘rinishida taqdim qilinishi mumkin; - Chet el valyutasidagi kartaning kamaytirilmaydigan qoldiq depoziti 70 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu mablag‘ karta egasiga tegishli bo‘lib, u chet el banklari tomonidan kartaga ko‘rsatilgan xizmat uchun mablag‘ yechib olinishi oqibatida karta balansining pasayib ketishi natijasida bank-emitent ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur mablag‘ qoldig‘i karta yopilayotgan paytda karta egasiga qaytarib beriladi; - Mijozlarimiz uchun muhim bo‘lgan yangilik: endi Milliy bank filiallari orqali mijozlar o‘zining konversion kartasidan yaqinlarining konversion kartasiga chet el valyutasidagi mablag‘larni o‘tkazishlari mumkin; - Karta balansida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan foydalanganlik uchun bank komissiyalari miqdori 5 foizdan 1 foizga tushirildi; - Bank mijozlari o‘zlarining konversion kartadagi mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hech qanday cheklovlarsiz ishlatishlari mumkin.

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/03/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.