Yangi mahsulotlar – yangi shartlar
10.08.2020
2327
Aholining daromadlarini yanada oshirish uchun ularga sharoitlarni yaratish maqsadida bank milliy valyutada qanday bo‘lsa, xorijiy valyutada xuddi shunday muddatli va jamg‘arma omonatlarining katta tanlovini taklif qiladi.
Bozorda foiz stavkalarini o‘zgarishi munosabati bilan, "Milliybank" AJ yillik 18%gacha foiz stavkasi bilan 1 oydan 18 oygacha saqlash muddati bilan milliy valyutada "Barcha uchun" yangi muddatli omonatni tatbiq etdi.
Bundan tashqari, "Barcha uchun" yangi muddatli omonat yillik 5%gacha foiz stavkasi bilan 3 oydan 18 oygacha saqlash muddati bilan AQSh dollarida ham mavjud.
Bank mobil ilovasi orqali omonatlarni rasmiylashtirishda foiz stavkalari bank ofislarida ochilgan shunga o‘xshash omonatlarga qaraganda, yuqoriroq o‘rnatiladi.
Ommaboplik qaytmoqda – jamg‘arma omonatlar
Jamg‘arma omonatlar odamlar to‘lovning (kommunal to‘lovlar, tovarlar va xizmatlarni xarid qilish va boshqalar) navbatdagi muddati boshlangunga qadar mablag‘larni qisqa muddatli kiritish yo‘li bilan daromad olishga intilayotganida 2000 yillarning boshida ommabop bo‘lgan, ammo naqd pulsiz to‘lovlar rivojlanishi bilan to‘lov o‘tkazish sutkaning istalgan vaqtida masofaviy kanallar orqali samarali bo‘ldi, bu jamg‘arma depozitlariga bo‘lgan talabaning pasayishiga ta'sir etdi.
Biroq, ayni vaziyatda, hozirgi kunga jamg‘arma omonatlari yana juda ommabop bo‘lib qolmoqda, chunki mablag‘larni erkin boshqarish va daromad olib kelishga imkon beryapti.
"Milliybank" AJ shuningdek 18 oy saqlash muddati bilan milliy valyutada "Barchasi imkoniyatli" yangi jamg‘arma omonatini amaliyotga tatbiq qildi.
Omonat shartlari oddiy, 100 000,00 so‘m o‘lchamda pasaymaydigan qoldiqni saqlab qolish sharti bilan mablag‘larni to‘ldirish va qisman yechib olish cheklanmagan, omonat bo‘yicha foizlar - onlayn rasmiylashtirilganlik uchun yillik 17% va kitobcha orqali rasmiylashtirilganlik uchun yillik 16% o‘lchamlarda qo‘shib hisoblanadi.
Yangi trend – digital xizmatlar
Bundan bir necha yil oldin "Milliybank" AJda omonat ochishni istagan odamda tanlov bo‘lmagan. Bank bo‘linmasiga borish, hujjatlarni rasmiylashtirish va kassa orqali pullarni berish kerak edi. Bozor banklarning raqamlashtirilishini sezilarli o‘zgartirdi. Shu bois hozirgi kunda omonatni Milliy bank mobil ilovasi yordamida masofadan turib ochish mumkin, bu mijozlarimiz uchun juda qulay.
Onlayn-omonatlar bank depozitlari bozorida haqiqiy inqilobni amalga oshirdi va endi omonatni internetga ulanish bor joyda tez, qulay va istalgan joyda ochish mumkin 24/7 eng muhimi - xavfsiz.
Onlayn-omonatlarning yana bir afzalligi hujjat aylanishining mavjud emasligidir. Omonat kitobchalaridan voz kechish va digital texnologiyalarga o‘tish vaqti keldi. Shuningdek alohida omonatlarning shartlari bilan mobil ilova yordamida pul mablag‘larining joylashtirilishi holatida, bankga tashrif buyurib omonatni ochishga qaraganda yuqoriroq foiz stavkasi o‘rnatiladi.
Onlayn-omonatni ochish uchun mobil ilovaga kirish, ancha foydali depozitni tanlash va uni karta yoki elektron kardmondan to‘ldirish zarur. Omonatchining o‘zi o‘z pul mablag‘larini nazorat qiladi va omonat hisobini boshqaradi. Milliy ilovasi yordamida omonatni ochish va yopish, kartaga foizlarni chiqarish, omonatni to‘ldirish, istalgan vaqt hisobdagi pullarni harakatini nazorat qilish mumkin. Mobil ilovaning qulay va tushunarli interfeysi hattoki katta avlod insonlariga omonatni onlayn oson ochishga imkon beradi.
Ilova orqali depozitni rasmiylashtirishda mijozning mablag‘lari uning "kardmonida" qoladi, bank esa bunda faqat mijoz uchun pul ishlab topayotgan organ rolida ishtirok etadi deyish mumkin. Shuningdek omonatni onlayn ochish 100%ga qo‘l bilan aralashuv xavfini istisno qiladi.
Onlayn-omonatlarning bir qator afzalliklarini ajratib ko‘rsatamiz:
-
tez va xavfsiz rasmiylashtirish;
-
hisobdagi balansni va mablag‘larning harakatini 24/7 nazorat qilish imkoniyati;
-
begona aralashuvning xavfi istisno qilingan;
-
bankga tashrif buyurmasdan foizlarni olish.
"Milliybank" AJdan onlayn omonatlar bilan Sizning mablag‘laringiz doimo yoningizda bo‘ladi va har kuni "o‘z bolangiz" kabi nazorat ostida, ko‘z oldingizda o‘sib boradi.
Kuch ishonchda
"Milliybank" AJ o‘z omonatchilariga bank sirini saqlanishini, hamda pul mablag‘larining o‘z vaqtida qaytarilishini ta'minlashni kafolatlaydi. Omonatlar kafolati O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonuniga binoan "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi" tomonidan ta'minlanadi. Omonatlar bo‘yicha to‘lovlar ularning o‘lchamlaridan qat'iy nazar to‘liq hajmda kafolatlangan.
Mijozning moliyaviy manfaati ustuvorliga alohida e'tibor qaratiladi. Bozorda stavkalarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda, omonatchilarning huquqlari bank tomonidan himoyalangan, amaldagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirish tartibi bir tomonlama ya'ni, bank tomonidan amalga oshirilishi mumkin emas.
Vaqtni tejash, qulay servisni tanlash - vaqt va texnologiyalar bilan amr etiluvchi trend. Bugungi kunda bankimizning yanada ko‘proq mijozlari bankga tashrif buyurish zaruratisiz onlayn tartibda omonatlar ochmoqdalar. Bu nafaqat qulay, balki shuningdek foydali ham. "Milliybank" AJ, O‘zbekistonning yirik va eng ishonchli banki hisoblanib, mablag‘larni saqlab qolish va ko‘paytirishning qulay va ishonchli yo‘nalishlarini taklif qiladi, ular mijozlarimizning barcha ehtiyojlariga maqbul darajada javob beradi. Bank uchun o‘z omonatchilarning mablag‘larini himoyalash har doim ustuvordir.