The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

Yilning eng faol banklari

26.01.2014 996

O‘zA,  27.01.2014

     Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Banklar assotsiatsiyasi hamkorligida aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning 2013-yilgi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 28 tijorat banki va ularning 837 filiali hamda joylardagi 4 mingdan ziyod mini-bank va maxsus kassalar ishtirok etdi.
     O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.Mullajonov, Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi A.Altiyev, O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi raisi S.Abdullayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida tizimda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi. Buni aholining omonatga qo‘yilgan mablag‘lari barcha turdagi soliqlardan ozod qilingani, ularning manbalari deklaratsiya qilinmasligi hamda omonatlarning qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlangani bilan bog‘liq imtiyozlar tufayli banklardagi depozitlar hajmi oshib borayotganida ham ko‘rish mumkin.
     Davlatimiz rahbarining 2008-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori moliya muassasalarini yanada rivojlantirish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb etishda banklar uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
     Qarorga ko‘ra, banklarning aholi omonatlarini jalb qilish borasidagi faoliyati yanada jadallashib, yangi omonat turlari joriy etilmoqda. 2013-yilda tijorat banklaridagi aholi omonatlarining hajmi 2012-yilga nisbatan 30,3 foizga oshgani buning amaldagi tasdig‘idir. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari milliy va chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda ikki yuz ellikdan ortiq omonat turini aholiga taklif etmoqda.
     Ta’kidlash joiz, omonatlar mijozlardan cheklovlarsiz qabul qilinadi va miqdoridan qat’i nazar, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisob-varaqlaridagi omonatlariga to‘liq hajmda mablag‘lar to‘lanishi kafolatlangan.
     Tanlovda tijorat banklarining aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish borasidagi faoliyati sakkizta asosiy va o‘n bitta qo‘shimcha nominatsiya bo‘yicha baholandi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi banki”, deya e’tirof etildi.
     “Oriyent Finans” banki amaliyot boshqarmasi shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha, “Aloqabank”ning Navoiy filiali qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha, “O‘zsanoatqurilishbank” Qirguli filiali plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish borasidagi yutuqlari uchun tanlov g‘olibi, deb topildi.      “Xalq banki”ning Shayxontohur filialidagi “Kamolon” mini-banki “Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki”, “O‘zsanoatqurilishbank”ning Qashqadaryo mintaqaviy filiali “Kitob” mini-banki “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki”, “Xalq banki”ning Chirchiq filiali va “O‘zsanoatqurilishbank”ning Qorovulbozor filiali “Yilning eng yaxshi jamg‘arma-maxsus g‘aznasi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib chiqdi.
 

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/03/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.