The power of trust

Milliy Deposits

Explore more profitable deposits!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

"Gazeta.uz" saytida joylashtirilgan ma`lumot haqida

06.10.2020 548

2020 yilning 27 sentyabr kuni "Gazeta.uz" yangiliklar saytida «ICIJ» Xalqaro tadqiqotchi jurnalistlar konsorsiumining ma'lumotlari asosida "OAV Amerika FinCEN tarmog‘ining maxfiy moliyaviy hujjatlarini nashr qildi" nomli maqola chop etilgandi, unda "O‘zbekiston Respublikasi  tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJning tranzaksiyasi eslatib o‘tiladi. 


FinCEN (Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tarmog‘i) Amerika banklarining, shuningdek AQSh banklarida vakillik hisob-raqamiga ega bo‘lgan xorijiy kredit tashkilotlarining barcha tranzaksiyalari to‘g‘risida ma'lumotlarni to‘playdi. Tranzaksiya tarmog‘iga tushganlar har doim ham pul o‘zlashtirilishiga, moliyaviy jinoyatlarga va ular bilan bog‘liq operatsiyalarga jalb qilinganligini anglatmaydi. Shuningdek, FinCEN tarmog‘iga shubhali tranzaksiyalar ham tushadi, ushbu tranzaksiyalarning ro‘yxatiga yuridik va jismoniy shaxslarning bank xodimlarida shubha tug‘dirgan operatsiyalari ham kirishi mumkin.

O‘zining saytida «ICIJ» kompaniyasi 2016-2017 yillar uchun 2 trillion AQSh dollaridan oshgan summadagi barcha tranzaksiyalarga kirishga ruxsat berdi. 

Shuni ta'kidlash joizki, 2005 yildan boshlab O‘zbekiston FATFni (FATF – The Financial Action Task Force) a'zosi hisoblanadi, hamda "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi 660-II-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 mayda 2886-son bilan ro‘yxatga olingan "Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari"  qabul qilingan, ularning tavsiyalari va talablariga "O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ qat'iy bo‘ysunadi va pullarni o‘zlashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha barcha xalqaro standartlarga rioya qiladi.

Shu o‘rinda ta'kidlash zarurki, bank tranzaksiyalari rasmiy banklararo operatsiyalarga kiradi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 mayda 2886-son bilan ro‘yxatga olingan "Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari"  doirasida bajarilgan va shubhali operatsiyalarning belgilariga ega bo‘lmagan.     

"O‘zmilliybank" AJ Ichki nazorat Departamenti

0
1



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/06/2021 10:16:34 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz