The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

MilliyOn

Shopping – now!

NBU in social networks:

Ijara: imkoniyatlar kengaymoqda

23.01.2012 1783

Mamlakatimizda kichik biznes vakillari va tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar joylarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maskanlarini tashkil etish, aholi bandligini, farovonligini oshirish imkonini bermoqda. Ayniqsa, bo‘sh turgan davlat mulki – bino-inshootlarning ishbilarmonlarga ijaraga berilishi minglab yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘lamining ortishiga xizmat qilmoqda.
Tadbirkorlarga foydalanilmay turgan binolar haqida ma’lumotlar berish, ijaraga oluvchilar va balansda saqlovchilarni sohadagi yangiliklardan xabardor etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi qoshidagi Toshkent viloyati ijara markazi tomonidan joylarda ikki hafta davomida davlat mulkidan samarali foydalanishga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazildi.
Viloyatda joylashgan korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlar ishtirokida o‘tgan ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga 2011 yil 30 noyabrda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
– Ijara munosabatlarini tartibga soluvchi amaldagi qaror, unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar haqida keng tushuntirish berishdan asosiy maqsad davlat mulki bo‘lgan obyektlardan samarali foydalanishdir, – deydi Toshkent viloyati ijara markazi direktori Abdurashid Hakimov. – Bu faoliyatini boshlash yoki kengaytirish niyatidagi tadbirkorlar uchun, ayniqsa, katta imkoniyatlar yaratadi. Masalan, endilikda tadbirkorlar maktab va kollejlarning vaqtincha bo‘sh turgan binolari, xususan, zal, sport maydonchalari, oshxonalarni qisqa muddatga, soatbay asosida ijaraga olishi mumkin. Bu esa davlat mulkidan samarali foydalanishni hamda turli madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlarining qulay sharoitlarda o‘tishiga xizmat qiladi.
Toshkent viloyatida mavjud davlat mulki bo‘lgan obyektlarning foydalanilmasdan turishining oldini olish maqsadida, avvalambor, bunday obyektlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning xatlovini doimiy ravishda olib borish, e’lonlarni aholi gavjum maskanlarga joylashtirish, ommaviy axborot vositalarida chop etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada korxona va tashkilotlardagi bo‘sh turgan davlat obyektlarining soni kamayib, ularni ijaraga berish miqyosi kengaymoqda. Viloyatda 2010 yilda qariyb 1,2 mingdan ortiq ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, 2011 yilda bu ko‘rsatkich 1,6 mingdan oshdi. Natijada 2011 yili 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Joylarda o‘tkazilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari davlat mulkini ijaraga beruvchi vakolatli organ, ushbu mulkni o‘z balansida saqlovchi va davlat mulki bo‘lgan obyektni ijaraga oluvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

O‘zA, 23.01.2012

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/06/2021 09:00:01 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz