The power of trust

MilliyOn

Shopping – now!

Milliy Deposits

Explore more profitable deposits!

NBU in social networks:

O'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 10,8 foizga o'sdi

16.07.2014 1270

Vazirlik va idoralar,  xo'jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari  ishtirokida bo'lib o'tgan  hukumat yig'ilishida sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash dasturlari  ko'rib chiqildi.

Xususan, ushbu dasturlar doirasida  2014 yilga mo'ljallangan muhim obyektlarini foydalanishga topshirish ishlarining holati har tomonlama  tahlil qilindi.  Majlisda berilgan ma'lumotlarga ko'ra,  amalga oshirilayotgan faol investitsiya siyosati natijasida  shu yilning birinchi yarmida  o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 10,8 foizga, shu jumladan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar  28,8 foizga  ko'paydi.  2014 yilning   Investitsiya dasturiga kiritilgan  umumiy qiymati 680 million AQSh dollariga  teng  64 ta loyiha  tugallandi.  Mazkur loyihalarning samarasi o'laroq,  joylarda  1651 ta yangi ishlab chiqarish obyekti foydalanishga topshirildi.

Yig'ilishda yangi yuqori texnologik ishlab chiqarish obyektlarini  tashkil etish, korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha investitsiya loyihalari  jadallashtirishni ta'minlaydigan amaliy chora-tadbirlar ko'rish zarurligi ta'kidlandi.  Shuningdek,   2015 yil uchun  Investitsiya dasturini ishlab chiqish, uni respublika hududlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan o'rta muddatli kompleks dasturlar bilan o'zaro bog'liqligini  ta'minlash yuzasidan  tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.

 

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/07/2021 04:32:06 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz