The power of trust

Auto Payment

Enjoy your free time!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

Qulay investitsiyaviy muhit samaralari

10.05.2012 1377

      Mamlakatimizda qulay investitsiya muhitining yaratilgani tufayli iqtisodiyotimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil va barqaror o‘sib borayotir. Investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida yangidan-yangi ob’ektlar ishga tushirilmoqda, ishlab chiqarish hajmi o‘sib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
     Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 10-aprelda qabul qilingan “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratmoqda.
     O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tashkil etilgan anjuman mazkur farmon mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda ijrosiga bag‘ishlandi.
     Adliya vazirining o‘rinbosari A.Usmonov mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirilgani iqtisodiyot rivojida muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi yaratilgani ularning mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga bo‘lgan qiziqishini tobora oshirmoqda.
     Hozir mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ko‘proq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3 milliard AQSh dollaridan ko‘proq asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda. Bu esa xorijiy investorlarning mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolatdir.
     Davlatimiz rahbarining nomi qayd etilgan farmoni yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratishga yo‘l ochayotgani sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshiradi.
     Farmonda belgilanganidek, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha talablar va cheklovlar o‘rnatilishi qat’iyan taqiqlandi va bu hol qonunga xilof deb hisoblanadi.
     Xorijiy investorlarning, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va kafolatlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari so‘zsiz rioya etishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatilishi ham farmonda o‘z ifodasini topgan. Qonunchilik buzilishining oldini olish va aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha prokuratura idoralari ta’sirchan choralar ko‘radi.
     O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, Markaziy bank, Davlat soliq va Bojxona qo‘mitalari, Savdo-sanoat palatasi mas’ul xodimlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar vakillari qatnashgan tadbirda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun mamlakatimizda yaratilayotgan qulay muhit, O‘zbekiston Respublikasining sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu yo‘nalishda amaliyotda yuzaga kelayotgan masalalar yechimi xususida fikr almashildi.

O‘zA 11.05.2012

 

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/01/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.